Skeyt maydonchasidagi janjal yuzasidan IIBB bayonot berdi!

0

14 aprel kuni soat 23.00da, skverdagi «Golubыe kupola» skeyt-maydonida 40 yoshli A.M. hamda 28 yoshli E.T. va 22 yoshdagi uch nafar yigitlar o'rtasida janjal kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi xabar bergan.

Zudlik bilan yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisaning avj olib ketishining oldini olishdi. 22 yoshli uch nafar yigit tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda to'plangan materiallar Yakkasaroy ma'muriy sudiga taqdim qilingan.