TARVUZ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

0

 

1. Tarvuz qovoqsimonlar oilasiga mansubdir.

2. Tarvuz qadimiy Misrda ham yetishtirilgan.

3. Qadimiy Rimda tarvuzni yo tuzlab yeyishgan, yo qaynatib undan asal olishgan.

4. X asrga kelib tarvuz Xitoyda ham paydo bo'ldi. Xitoyliklar uni «g'arb qovuni» deya nomlashdi. Hozir har yili sentyabr oyida Xitoyda tarvuz bayrami nishonlanadi. Darvoqe, Xitoy hozir tarvuz eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydi.

5. Arablar tarvuzni shifobaxsh meva sifatida qadrlashadi. Agar har doim ovqatdan oldin tarvuz yeyilsa, organizm zararli moddalardan tozalanadi deb hisoblashadi.

6. Yaponiyada kubsimon tarvuz yetishtiriladi.

7. Tarvuzning ichki qismi pushti, malina, qizil, ayrim hollarda sariq yoki qora rangda bo'lishi mumkin.

8. Tarvuz tarkibida A, S, B6 vitaminlari ko'p. Bundan tashqari, tarvuz shokolad kabi kayfiyatni ko'tarish xususiyatiga ega.

9. Tarvuz 90 foiz suvdan iborat bo'lgani sababli siydik haydash, buyraklarni qum, toshlardan xalos etish xususiyatiga ega. Ammo tarvuzni me'yorida iste'mol qilish kerak. Me'yordan oshsa, qon bosimini, gemoglabinni keskin tushirib yuborishi mumkin.

10. Dunyodagi eng yirik tarvuz Amerikada yetishtirilgan. Tarvuzning vazni 120 kilogrammdan iborat bo'lgan va Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

11. Dunyoda jajji tarvuzchalar ham bor. Lekin ularni yeb bo'lmaydi. Go'zallik uchun servantga qo'yish kifoya qiladi.

12. Vyetnamliklar yangi yil dasturxoniga albatta tarvuz tortishadi. Ularning fikricha, agar yangi yilni tarvuz bilan qarshi olsang, 365 kun davomida baxtli yasharkansan.

Olimjon HAYIT tayyorladi