XITOYLIK ERKAK 2 YaShAR QIZINI BIR KOSA OVQATGA ALMAShTIRDI…

0

 

Bu voqea Xitoyning Guandun viloyati, Foshan shahrida sodir bo'ldi. Erkak ikki yashar qizi bilan ovqatlanish uchun oshxonaga kirgandi. Bir kosa lapshali taom yedi. Ammo to'lov qilish fursati yetganda, puli yetmasligini ro'kach qilib, agar ishonishmasa, qizchasini garov sifatida qoldirishini ma'lum qildi. Oshxonadagilar rozi bo'lishdi. Erkak ikki yashar go'dakni oshxonada qoldirdi-yu, chiqib ketdi. Oshxona xodimlari otasiga ergashib yig'lagan qizaloqni ovutib, tinchlantirib, uni sut bilan siylashdi. Afsuski, oradan soatlar o'tib borar, otadan darak yo'q edi. Oshxona rahbari politsiyaga xabar berishdan o'zga chora topa olmadi. Politsiyachilar bu yerga yetib kelib qizaloqni mahkamaga olib ketishdi. Shundan so'ng yana qanchadir vaqt o'tib, erkak paydo bo'ldi va qizi politsiya mahkamasiga berib yuborilganidan xabar topib baqira ketdi. Ammo endi kech edi…

Xullas, erkakka qizaloqni qaytarishadimi-yo'qmi, noma'lum. Chunki uni politsiyachilar odam savdosida ayblashmoqda.