Yaponiyada Aso vulqoni uyg'ondi

0

Yaponiyaning janubi-g'arbida, “Ikata” AESidan 130 kilometrlik masofadagi Aso vulqoni uyg'ondi.

RIA Novosti xabarida qayd etilishicha, Yaponiya meteorologik bosh boshqarmasi vulqon o'chog'idan otilib chiqayotgan bug' va kukun 200 metrgacha ko'tarilib, shimoli-g'arbga tarqalayotganini ma'lum qilgan.

Meteorologlar Nakadake-1 vulqon o'chog'iga bir kilometr masofagacha yaqinlashish xavfidan ogohlantirmoqda. Talofat yoki jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

O'zA