ZAGS BO'LIMI RAHBARI PORAXO'RLIKDA AYBLANDI…

0

 

Xorazm viloyat huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari Urganch tuman ZAGS bo'limi mudirasi M. A. ni birovdan 500 ming so'm miqdorida pora olayotgan mahal qo'lga olishdi. Mudira 300 ming so'mlik kanselyariya mahsulotlari, 100 ming so'm naqd pul ko'rinishida qabul qilib olgan. Keyinroq yana 500 ming so'm naqd pul ham talab qilgan. Buning evaziga u xizmat vazifasini suiste'mol qilgan holda nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomada ko'rsatilgan X. K. ismli fuqaroning familiyasini «Matyoqubova» qilib o'zgartirib berishi lozim edi xolos.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.