EChL. Hafta ramziy terma jamoasi e'lon qilindi (+foto)

0

Evropa chempionlar ligasining chorak final javob o'yinlaridan so'ng, UEFA rasmiy sayti hafta ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Qiziq tomoni, mazkur jamoaga «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Ayaks»dan birorta ham futbolchi kiritilmadi.

Demak, tarkib quyidagicha ko'rinish olgan:

Mark-Andre ter Shtegen, Jordi Alba, Lionel Messi (hammasi – «Barselona»), Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold, Sadio Mane, Muhammad Saloh (hammasi – «Liverpul»), Kevin De Bryuyne, Raxim Sterling, Serxio Aguero (hammasi – «Manchester Siti») va Son Hyon Min («Tottenhem»).