Olimlar: «Go'sht saraton xastaligini keltirib chiqaradi…»

0

 

Angliya olimlari o'zlari o'tkazgan tadqiqotlar natijasiga suyangan holda qizil go'sht, ya'ni, mol, qo'y, cho'chqa go'shti va shularni o'z tarkibiga olgan mahsulotlar saraton xastaligiga duchor etishini ta'kidlashdi. Emishki, Oksford universiteti olimlari 500 ming nafar odamni o'z izlanishlariga jalb etib, natijada shunday xulosaga ega bo'lishibdi. Buning uchun ularga olti yil kerak bo'libdi.

Emishki, kuniga 76 grammdan qizil go'sht iste'mol qiluvchi odamning saraton xastaligiga chalinish xavfi 20 foizga ortarkan.

Shu o'rinda bir savol tug'iladi. O'rta asrlarda yashagan odamlar nonning o'rniga ham faqat qizil go'sht iste'mol qilgan. Sobiq sovetlar davrida go'sht arzon bo'lgani bois oddiy qorovul vazifasida ishlovchining ham qozonida qizil go'sht qaynab turgan. Nega ular saraton xastaligiga uchramadi? Ayniqsa, o'rta asrda yashaganlar asosan barra qo'zi go'shti bilan oziqlangan. Agar saratonga chalinsa, o'shalar chalinmasmidi?