Tailandda hukumat suzuvchi uy egasiga qatl qilish bilan tahdid qildi

0

Tailand hukumati amerikalik va uning tailandlik qiz dugonasini qirollikning mustaqilligiga tahdid qilishda gumon qilmoqda, sababi ularning qayiqlari mamlakatning hududiy suvlarida aniqlangan, endi ularga o'lim jazosi tahdid qilmoqda, deya xabar beradi«Tengrinews»nashriga tayanib daryo.uz

Mamlakatning harbiy dengiz kuchlarining ma'lum qilishicha, ular uyni qurishdan oldin Tailanddan ruxsat olmagan. «Ular Tailand ustidan suveren davlat sifatida kulmoqda», — deyiladi harbiy dengiz kuchlari bayonotida.

Ismi Chad Elvartovskiy bo'lgan amerikalik suzuvchi uyini erkinlikka intilish deb izohlamoqda.

Uning aytishicha, uy Tailand qirg'og'idan 13 kilometr masofada joylashgan, ya'ni uning hududiy suvlaridan tashqarida.

Elvartovski va uning sevgilisi Suprane Tepdet Ocean Builders tadbirkorlar guruhining faol a'zolari sanaladi. Guruh a'zolari milliy qonunlardagi cheklovlardan ozod bo'lish uchun okeanda doimiy uy qurgan.