O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 20 aprel kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Agar taqdir sizga bugun omadli lahzalarni hadya etmasa, vahima qilishdan tiyiling. Sababi, bunda o'zingizning ham aybingiz bo'lishi mumkin. Qaerdadir qandaydir xatoga yo'l qo'ygan bo'lsangiz, omad siz tomonga qayrilib qaramasligi ehtimolga yaqin. Kimki tuyg'ular masalasida chalkashliklarga yo'l qo'ygan bo'lsa, muhabbat uchburchagi deb atalmish yoqimsiz manzaraning guvohi bo'lishi turgan gap. Siz kimni ko'proq sevishingizni anglab yeting. Aks holda vaziyat yanada keskinlashishi hech gap emas. Bugun olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

20 aprelda ish bajarishda eski usullardan foydalanishni bas qiling. Ular haqiqatan eskirgan va sizga foyda keltirmaydi. Do'stlaringizdan biri kun davomida xushxabar yetkazib, kayfiyatingizni ko'taradi. Ammo mas'uliyati yuqori bo'lgan vazifalarni bajarishda bo'shashishga yo'l qo'ymang. Yo'qsa, omadsizlikka yuz tutasiz. Buzoq burji ostida tug'ilgan ayollarning ayrimlari bugun homilador ekanliklaridan xabar topishlari mumkin.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun kimga qanday va'da bersangiz, ado etishingiz, qay bir fikrni ishonch bilan tilga ko'chirgan bo'lsangiz, asoslashingiz talab etiladi. Basharti yaqinlaringizdan birini ranjitib qo'ymasangiz, kuningiz quvonchli lahzalarga boy bo'ladi. Pulingiz u darajada kamayib ketmagan bo'lsa, yoqimli xaridlarga yo'l berishingiz mumkin. Bugun uy ta'miri, huquqshunosdan maslahatlar olish va ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etish xayrli kechadi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

20 aprel kuni ishlaringiz ko'p bo'ladi. Kuchli bosim ostida ishlaysiz. Shuning natijasida yaqinlaringiz bilan qo'ng'iroqlashishga ham vaqtingiz bo'lmaydi. Ishlarni esa juda qisqa fursatda ado etib ulgurishingiz lozim. Oilasiz bo'lsangiz, bugun romantik uchrashuvga otlanishingiz ehtimoli bor. Lekin uchrashuvga kechikishni xayolingizga ham keltirmang. Shaxsiy biznesi borlar hamkorlari bilan kechki payt jiddiy suhbat qurishi kutiladi. Salomatligingizni ehtiyotlang. Jismoniy zo'riqishlarni nari suring.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Kuningiz quvonchli, bayramona kechadi. Kayfiyatingiz ko'tarinki bo'ladi. Siz uchun moliyaviy muammolar ham mayda tashvish kabi yengil tuyuladi. Qanday tuyulsa, shunday yengillik bilan ularning adabini berasiz, kissangiz pulga to'ladi. Tadbirkorlar yirik bir loyihaga katta pul tikishlari mumkin. Sira ikkilanmang. G'alaba siz tomonda bo'ladi. Kechqurun oila qurmagan do'stlarimiz romantik uchrashuvga otlanishadi. Vaqtingiz chog' o'tsin! Kechqurun toza havoda uzoq vaqt sayr qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

20 aprelda ishlaringizda siz istagancha muvaffaqiyat kuzatilmaydi. Lekin dam olish onlaringiz ajoyib tarzda o'tadi. Do'stlar bilan uchrashasiz, xursandchilik qilasiz. Muhabbatda qaltis harakatlar sodir eta ko'rmang. Serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun kimdir qo'lingizga pul tutqazishi mumkin. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar bilsin, bugun kun bo'yi atmosferada kuchli magnit bo'ronlari kuzatiladi. Dorilaringizni doimo o'zingiz bilan olib yuring.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun siz ham, yaqin insoningiz ham tashvishli lahzalarni boshdan kechirishingiz mumkin. Emotsiyangiz shu darajaga borib yetadiki, hech kimning maslahatiga quloq tutishni istamay qolasiz. O'zingizni tutishingiz masalasini obdon tahlil qiling. Shunda yaqin insoningizni ranjitmagan bo'lasiz. Texnika vositalari bilan ehtiyotkorona tillashing. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, to kapital ta'mirdan chiqarmaguncha uzoq manzilga bormang. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

20 aprel kuni emotsiyangiz, temperamentingiz ustidan hukmingizni o'tkaza olasiz. Hayotga optimist nazari bilan boqqan holda harakatlar sodir eting. Faqat harakatlarda ehtiyot bo'ling. Optimistlik shaxsiy hayotingizda ham muhim ahamiyat kasb etadi. To'g'ri qarorlar chiqarishda yordam beradi. Kechqurun ovqatlanish rejimiga qat'iy amal qiling. Tavakkalchilikdan qoching. Yaqin kishilaringizni ehtiyot qiling. Ulardan mehringizni darig' tutmang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugungi kuningizni yolg'izlikda o'tkazish niyatida bo'lsangiz, katta xatoga yo'l qo'yasiz. To'rt devor orasiga berkinib olgancha qayg'urganingiz bilan muammolar ijobiy hal bo'lib qolmaydi. Moddiy ahvolingiz ko'ngildagidek kechmayotganini payqasangiz, bankdan kredit olishingiz tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, shaxsiy biznesi borlarga katta yordam berishi mumkin. Kechqurun imkon topsangiz, basseynda cho'miling. Shu narsa ham salomatligingiz mustahkamlanishida yordam beradi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

20 aprelda o'zingiz xatoga yo'l qo'yasiz-u, o'zgalarni ayblay boshlaysiz. Lekin bu bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Yaxshisi, tashqaridan o'zingizga yaxshilab razm soling, hammasini anglab yetasiz. Tadbirkor bo'lsangiz-u, kimlar bilandir hamkorlik boshlash haqida o'ylay boshlasangiz, o'z shartlaringizni ham chetda qoldirmang. Aks holda aldanib qolishingiz hech gap emas. Asabni juda ehtiyot qiling.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugungi kuningiz muvaffaqiyatli lahzalarga boy bo'lishi kutilmoqda. Tadbirkorlardan kimdir uzoq muddatli foydali shartnomaga imzo chekishi ham bugunga mo'ljallangan. Lekin bu ishni har jihatdan bilimi yetarli insonlar, jumladan, huquqshunoslar ishtirokida amalga oshiring. Sayohat, uy qurish va ro'zg'or jihozlari xarid qilish muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda sof tuyg'ularingiz saqlanib qolishini ta'minlang.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

20 aprel kuni erta tongda badavlat tanishlar yoki do'stlarga moddiy ko'mak so'rab murojaat etishingiz mumkin. Lekin bu ishni o'zingiz mustaqil fikrlagan holda amalga oshiring. Birovlarning maslahatiga uchmang. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do'stlardan biri sizga o'zining yillar bo'yi ichida saqlab kelgan sirini oshkor qilmoqchi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi