BUYRAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

0

 

1. Buyrak organizmdagi qonni zaharli moddalardan tozalab turuvchi a'zo hisoblanadi. Qonni zararli moddalardan nefronlar tozalaydi.

2. Siydiktosh deb atalgan xastalik eng jiddiy buyrak kasalligi hisoblanadi. Hindistonlik doktor Ashish Ravandal-Patil, urolog bitta buyrakdan jami 172155 ta toshni olib tashlab Ginnes rekordlar kitobi sahifasidan o'rin olgan.

3. Barcha buyrak kasalliklari vitamin yetishmasligi tufayli qish faslida qo'zg'aladi.

4. Har kuni buyrakda 1500-2000 litr qon filtrlanadi. Besh daqiqada organizmdagi jami qon buyrak orqali o'tishga ulguradi.

5. Qon buyrakka maxsus buyrak arteriyalari orqali o'tadi va moddalar almashinuvi natijasida paydo bo'lgan zararli moddalardan tozalanadi. Ular siydik bilan birga tashqariga chiqadi. Tozalangan qon esa buyrakdan yana alohida tomir orqali organizmga qaytadi.

6. Buyrakdagi kapillyarlarning uzunligi 25 kilometrga teng.

7. Bitta buyrak 1 millionta filtrlash elementlaridan iborat.

8. Buyraklar vazni 120 dan 200 grammgachani tashkil etadi. O'ng buyrak chapdagisiga nisbatan ancha katta hajmga ega. Buyraklar diametri 4 santimetrdan iborat.

9. Ilk sun'iy buyrak 1944 yili yaratilgan. 2013 yili amerikalik olimlar implantatsiyaga moslashtirilgan sun'iy buyrak turini biomuhandislik usuli yordamida ixtiro qilishdi.

10. Hisob-kitoblarga ko'ra, 10 000 ta buyrak jarrohligi amaliyotidan so'ng 5 nafar bemorgina o'lim topadi. Qolganlari tuzalib yana hayotga qaytadi.

11. Buyrak donorligi inson hayotini 10-15 yilga qisqartirib yuboradi.

12. Bitta buyrak bahosi 1000 dan 30 ming dollargacha baholanadi.

13. 2006 yildan beri Amerika va Yevropa davlatlarida mart oyining ikkinchi payshanbasida Buyraklar kuni bayram qilinadi.

14. Gipertoniya va yurak xastaliklari jarayonida buyraklar ham jabr chekadi. Buyrak yetishmasligi infarkt va insult xavfini 25 hissa oshiradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi