Qissadan hissa: “Qafasdagi qush va ko'rshapalak…”

0

 

Sayroqi Qushni qafasga qamab oyna tashqarisiga osib qo'yishgandi. U faqat tunda, hamma qushlar uyquga ketgandagina sayrardi. Bir kuni kechasi Ko'rshapalak kelib qafas panjarasiga chirmashib olibdi.

U Qushdan nega kun bo'yi tinch o'tirib, kechasi sayrashini so'rabdi.

— Bunday qilishimning o'ziga xos sababi bor, — debdi Qush. — Bir kuni kunduzi sayrayotsam ovchi ovozimga maftun bo'lib qoldi va to'rini qo'yib meni tutib oldi. Shundan beri faqat tunlari sayrayman.

Ko'rshapalak shunday debdi:

— Lekin hozir qafasdaligingda bunday qilishing foydasiz-ku. Agar buni qo'lga tushishingdan oldin qilganingda edi, hozir ozodlikda bo'larding.

Qissadan hissa: Falokatdan keyin qilinadigan ehtiyotkorlik foydasizdir.