Jigar xastaligining asosiy sababchisi nima?..

0

 

Londondagi qirolicha Mariya hamda Glazgo universiteti olimlari o'tkazilgan tadqiqotlar davomida jigar xastaligi asosan nimaning ta'sirida yuzaga kelishini aniqlashdi. Ma'lum bo'lishicha, jigar sirrozi, saratoni kabilarga qandli diabetning 2- tipi bilan og'rigan bemorlar yo'liqarkan. Qarangki, shundoq ham qandli diabet-2- tipi bemorni o'limga olib boradi. Jigarning xastalanishi nimasi? Olimlar bu savolga ham javob berishdi. Ya'ni, aytishdiki, qandli diabetning og'ir formasi bilan og'rigan bemor jigari xastalangach, oxirgi bosqichga o'tgandagina belgi bera boshlaydi. Ammo unda kech bo'ladi. Shuning uchun olimlar qandli diabetga yo'liqqanlarni tez-tez to'liq tibbiy ko'rikdan o'tib turishga chaqirishmoqda.