MARHUMNING RUHINI ChIRQIRATMANG!.. (yoxud amerikaliklar o'lganning murdasidan o'g'it sifatida foydalanmoqchi)

0

 

Yaqinda Amerikaning Vashington shtati rahbarlari olamdan o'tganlarning murdasidan qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida foydalanishni qonunlashtirib qo'yishdi. Shu masaladagi qonun loyihasiga shtat gubernatori Jey Insli shaxsan imzo chekdi.

Endi o'lgan odamning murdasini maxsus konteynerga turli daraxt chiqindilari va poxol bilan birga joylashadi. 30 kun davomida murda tabiiy tarzda chirib bitadi. Shundan keyin marhum yo marhumaning yaqinlari uni olib ketib tomorqadagi ekinlarga o'g'it sifatida solishlari mumkin bo'ladi. Aytishlaricha, bu usul atrof-muhit uchun beziyonmish. Achinarlisi, Vashingtondan tashqari, Shvetsiya hukumati ham xuddi shunday qonunni qabul qilgan.

Amerikadagi murdalarni kuydirish korxonalari vakillari aytishmoqdaki, odamlarning nihoyatda semirib ketayotgani jasadni kuydirishga imkon bermayapti. Aniqrog'i, semirib ketgan odam o'lgach, unga yanada kattaroq tobut zarur bo'ladi. Bu tobut esa kuydiriladigan pechga sig'may qoladi. Shundan bo'lgandan so'ng murdani kuydirish o'rniga dafn etishga majbur bo'lishadi.

Faqat bir jihati bor. Jasadi o'g'itga aylangan ruh chirqirab qolmasmikan? Nahotki, amerikaliklar shu oddiy haqiqatni bilishmasa?

Astag'firillo!!!