Xitoyda 14 ta barmoqli qiz ortiqcha barmoqlaridan xalos bo'ldi…

0

 

Xitoyning Lyaonin viloyati Shenyan shahrida yashovchi ismi-sharifi ma'lum qilinmagan uch yashar qizchaning qo'llarida o'nta emas, o'n to'rtta barmoq bor edi. Yaqinda vrachlar jarrohlik yo'li bilan ortiqcha barmoqlarni olib tashlashdi.

Aytishlaricha, qizaloqning ajdodlari ham xuddi shunday nuqson bilan yashashgan. Ammo vrachlarga berish uchun pullari bo'lmagani bois shundayligicha yashab o'tgan.

— Qizaloqning har bir qo'lida ikkitadan ortiqcha barmoq mavjud edi, — deyishmoqda vrachlar. — Bunaqasi kamdan kam hollarda bo'ladi. Biroq biz qizaloqqa yordam bera oldik. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi…

Tibbiyotda bu holat polidaktiliya deb atalib, xastalik nafaqat odamlar, balki ot, mushuk, itlarda ham uchrab qolarkan.