O'zbekistonlik muhojir boylikka ega chiqish niyatida novosibirsklik ayolni pichoqlab o'ldirdi…

0

 

36 yoshli o'zbekistonlik erkak Novosibirskda internet orqali bir ayol bilan tanishgandi. Hoynahoy, yozishmalar davomida ayol boyvuchchagina ekanini aniqlagan bo'lsa kerakki, niyati buzilgan. 2019 yil 1 iyun kuni 36 yashar bu ayolni o'zi yashab turgan ijara kvartiraga taklif etgan. Ayol kelgan. Suhbat jarayonida erkak qo'liga pichoq olgan-u, «sevgilisi» ga bir necha marotaba tig' zarbalarini yo'llagan. So'ngra ayolning yonidagi pul va qimmatbaho taqinchoqlarini olib juftakni rostlagan. Ayol esa shu yerning o'zida halok bo'lgan.

Politsiyachilar tez orada qotilni qo'lga olishdi. U Rossiyada noqonuniy tarzda yashab yurgan ekan.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Agar aybi isbotlansa, qotil 15 yilgacha bo'lgan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.