KUN KULGISI…

0

 

 

* * *

 

Bir erkak derazadan tashqariga boshini chiqarib qarasa, kimdir gilosini o'g'irlayapti. Ovozining boricha qichqirdi:

— Vey, tush gilosdan! Qochib ketaman deb xayol qilmagin! Baribir ertami-kechmi, kimligingni aniqlayman!

— Albatta, dada!

 

* * *

 

Bir yigit vokzalda mudrab o'tiribdi. Narigi o'rindiqdagi bir bola uni turtdi.

— Amaki, paltongizni o'g'irlab ketishdi!

Yigit o'g'rining ketidan chopib ketdi. Yetolmagach, to'xtab qo'l siltadi:

— Mayli, palto baribir menga kaltaroq edi.

 

* * *

 

Bir yigit do'stidan so'radi:

— Og'ayni, nega mushtlashuvlarga qizil rangli kostyumda borasan?

— Mabodo yaralansam, uydagilar qonni ko'rib qo'rqmasliklari uchun.

— Unda nega sariq shim kiyasan?..

 

* * *

 

— Boks ajoyib sport turi! Men bu sport turining orqasidan yaxshi pul topyapman.

— Siz ham bokschimisiz?

— Yo'q, tish do'xtiriman.

 

* * *

 

Xotinidan kuygan er hasratidan:

— Xotinim axlat to'kib kelishni tez-tez esidan chiqarib turadi. Esiga tushdi deguncha, axlat tashiydigan mashinaning ketidan chopib baqiradi:

— Hoy, kechikibman! Axlatning hammasini yuklab ketib bo'ldilaringmi? Voy Xudoyim!..

Shunda unga haydovchi shunday deydi:

— Hali hammasini yuklab ulgurmadik! Chiqa qoling!

 

* * *

 

— Allo, militsiya! Hisobchimiz qochib ketdi!

— Temir sandiqni qaradilaringmi?

— U yerda yo'q!

— Unda televizor ichini qaranglar!

— Televizor? Nega?

— Futbol musobaqasi ketyapti. Balki, fanatlar orasida o'tirgandir?!.

 

* * *

 

Erkaklarga «foydali» maslahat:

— Erkaklar, agar ayol sizga yana bir marotaba imkon bergan bo'lsa, bu imkonni qo'ldan chiqarmang! Ajrashing!

 

* * *

 

Psixiatr huzurida.

— Do'xtir, men hammaga pul ulashishni yaxshi ko'radigan bo'lib qoldim. Sizgayam bir-ikki yuz dollar pul hadya qilmoqchiman.

— Qarang, shunaqa foydali kasallik ham bor ekan-ku! Rahmat, bemor, rahmat!

 

* * *

 

Erkak do'stidan so'radi:

— Bir kun kelib o'zga sayyoraliklar bilan uchrashib qolsak, ular bizning qay jihatimizga hayron bo'lisharkin-a?

— Bir-birimizga ahmoqona savollar berishimizga.