KUN KULGISI…

0

 

 

* * *

 

O'ta rashkchi xotin kuniga erining kiyimlarini tekshiruvdan o'tkazib, bir dona soch tolasi topib olsa ham janjal ko'taraverardi. Bir kuni hech narsa topolmagach, baqirdi:

— Ha-a, endi kal ayollar bilan uchrashishni boshladingizmi-a?

 

* * *

 

Yigit va qiz istirohat bog'ida kechasi sayr qilishardi.

Qiz:

— Qarang, anavi tol daraxti juda chiroyli ekan. Qiziq, agar gapirishni bilsa, menga nima der ekan-a?

Yigit:

— «Qizaloq, men tolmas, chinorman» degan bo'lardi.

 

* * *

 

Eshik taqilladi.

— Kim u?

— Men sizning vrachingizman.

— Kechirasiz, do'xtir, sizni qabul qila olmayman.

— Nega?

— O'zimni yomon his etyapman.

 

* * *

 

Vrach:

— Mana sizga semirishga qarshi dori. Idishda uch yuz dona dori bor. Lekin ularni ichishingiz shart emas.

— Ichmasam, semirib ketaveraman-ku!

— Semirmaysiz. Har kuni uch mahal dorilarni polga to'kib, qaytiadan idishga solasiz. Ko'ribsizki, tez orada semirish balosidan qutulasiz.

 

* * *

 

Bolalar bog'chasidagi jajjilar suhbatidan.

— Ovchining bolasi dedi:

— Meni laylak olib kelgan ekan.

Dehqonning bolasi:

— Meni karamning ichidan topib olishgan.

Kompyuterchining bolasi:

— Meni dadam internetdan ko'chirib olgan.

 

* * *

 

Er xotini bilan uzoq vaqt gap talashib, oxiri charchadi va dedi:

— Bo'pti! Bugun yangi yil munosabati bilan sen aytgancha bo'la qolsin!

— Hecham-da! Men qarorimni o'zgartirdim!

 

* * *

 

Chukcha katta bir shaharga bordi. Qarasa, yuqoriga juda chiroyli soat ilib qo'yishibdi. Mahliyo bo'lib turgandi, bir erkak kelib undan so'radi:

— Yoqdimi?

— Yoqdi.

— Unda o'n ming dollar ber, sengayam xuddi shunaqa soat olib beraman.

Chukcha o'n ming dollar berdi. Erkak ketdi va qaytib kelmadi. Aldanganini sezib qolgan chukcha uyga kelib ukasiga bo'lgan voqeani aytib berdi.

Endi ukasi o'sha shaharga borib, soatga mahliyo bo'lib turdi. Oldiga yana o'sha erkak kelib so'radi:

— Yoqdimi?

— Yoqdi.

— O'n ming dollar ber, men hov anavi yoqdan sengayam xuddi shunaqa soat olib kelib beraman.

Chukcha o'n ming dollarni berdi-da, dedi:

— Chukcha ahmoq emas. Sen shu yerda turasan, men o'zim o'sha yoqdan soatni olib kelaman.

 

* * *

 

Xasisdan so'rashdi:

— Choyingizga necha qoshiq shakar solaylik?

— Sakkiz qoshiq. Lekin aralashtirmanglar, aks holda choy juda shirin bo'lib ketadi.

 

* * *

 

— Qizim, menimcha sen o'ylab ko'rmasdan turmushga chiqyapsan!

— Oyi, o'zingiz menga turmushga chiqish haqida o'ylashga hali erta deb aytgandingiz-ku!

 

* * *

 

— Onasi, o'g'limizga maktabda yaxshi baho olish sharti bilan pul bera boshlaganimizdan beri faqat a'loga o'qiydigan bo'lib qoldi-ya!

— Adashmasam, pullarni muallimi bilan arra qilayotganga o'xshaydi.