Isroil vrachlari o'zbekistonlik uch yashar bolani yurak xastaligidan xalos etishdi…

0

 

2019 yil 17 iyun kuni Isroildagi Volfson shifoxonasida yurak porogidan azob chekayotgan 3 yashar andijonlik bolakay jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi. Rasmiy xabarlarga ko'ra, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechgan. Endi bolakay yana ma'lum muddat Isroilda qolib muolajalarni oxiriga yetkazishi zarur bo'ladi.

X. A. ismli bu bolakay O'zbekiston hamda Isroil davlatlari elchixonalarining «Save a Child’s Heart» («Bolaning yuragini asrang») xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etgan aksiyasi doirasida Isroilga borgan. Ma'lum bo'lishicha, ushbu xayriya tashkiloti dunyo bo'yicha besh mingga yaqin yurak xastaligidan azoblanayotgan bolalarga kerakli yordamlarni ko'rsatishga ulgurdi. Bolalar Yaqin Sharq, Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa davlatlarida istiqomat qilishadi.

Bizning respublikamizda esa yaqin kelajakda «Save a Child’s Heart» xayriya tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ko'zda tutilgan.