QOVOQ MAG'IZI QANDLI DIABET VA ARTRITDAN ASRAYDI…

0

 

Oshqovoq mag'izi tarkibida Omega-3, Omega-6 yog' kislotalari bor. Ular nafaqat artritga uchraganlarni og'riqdan xalos qiladi, balki bu xastalik rivojlanishini ham to'xtatadi.

Oshqovoq mag'izidagi oqsillar ochlik hissiga ma'lum vaqt barham berib, odamni ko'p ovqatlanishga qo'ymaydi. Bu ozishni istaganlar uchun ayni muddao deganidir.

Oshqovoq mag'izi siydik haydovchi vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Siydik qopidagi funksiyalar buzilishini bartaraf etadi. Ular oshqozonda ovqat hazm bo'lishini ham yaxshilaydi.

Oshqovoq mag'izi qondagi qand miqdorini nazoratda ushlaydi. Organizm insulin ishlab chiqarishini doimiy ravishda bir me'yorda ushlab turadi.

Salomat bo'ling!!!