O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 22 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kuningiz rosmanasiga muhtasham boshlanadi. Atrofdagilar, hamkasblarga yangidan yangi iste'dod qirralaringizni namoyish etish imkoniga ega bo'lasiz. Ularning biri ishga ijodiy yondashishdir. Bu mavzuda shunday ajoyib fikrlarni o'rtaga tashlaysizki, rahbarlaringiz hayratdan tosh qotadi. Ayrim oilalilarning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi. Endi qo'shimcha daromad keltiradigan ish topmasangiz bo'lmaydi-yov!

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

22 iyul kuni professional kasbingiz bilan bog'liq ishda tub burilish yuzaga kelishi mumkin. Burilish sizning foydangizga ishlaydi, sira xavotirga tushmang. Ish bajarishda passivlikka aslo yo'l qo'ya ko'rmang. Kunning ikkinchi yarmida eng yaqin va qalin do'stga aylanishi mumkin bo'lgan inson bilan tanishishingiz kutiladi. Kechqurun tadbirkorlar olis safarga otlanishlari ehtimolga yaqin. Safaringiz albatta xush kechadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq real g'oyalarni haqiqatga aylantirishingiz lozim bo'ladi. Agar tuyg'ularingiz rosmana bo'lsa, muhabbatda shubha-gumonlarga o'rin qoldirmang. Biling, juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz sizning rashk va shubhalaringizdan juda charchagan. Kechqurun ba'zilar ish bilan safarga otlanishlari mumkin. Safar sizga moddiy manfaatdorlik hadya etadi. Ovqatlanishda pala-partishlikka yo'l bermang. Gigienaga qat'iy amal qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

22 iyul oila qurmagan do'stlarimiz uchun ehtiroslar kuni desa sira xato bo'lmaydi. Qalbingiz muhabbat oloviga to'lib toshadi. Faqat asosiy ishni ham unutib qo'ymasligingiz talab etiladi. Buyoqda moliyaviy muammolar qaysarlarcha ijobiy hal bo'lishni istamay turibdi. Ularni bartaraf etmasangiz ham bo'lmaydi. Tirikchilikning mazasi qochishi mumkin. Oilada ishdan kelib miriqib dam olishingiz uchun barcha sharoitlar muhayyo bo'ladi. Shaharda yashasangiz, yaqin insoningiz bilan kino yoki teatrga chiqib kelsangiz ham ziyon qilmaydi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun oldingizda ikkita vazifa turadi. Boshqa joyga ko'chib o'tish va ro'zg'or uchun zarur narsalarni xarid qilish. Shaxsiy mashinangiz bo'lsa, serqatnov yo'llarda tezlikni bepoyon oshirishdan tiyiling. Buyog'idan kelsangiz, shaxsiy avtomobilda harakatlanish bugun sizga faqat xarajatlar hadya etadi. Kechqurun ayrimlar bosh og'rig'idan bezovta bo'lishi kutilmoqda. Bu qo'rqinchli emas. Dori ichsangiz, tez fursatda o'tib ketadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

22 iyul kuni parizod burji ostida tug'ilganlar hamkasb yoki do'stlarga emas, aniq faktlarga suyanib ish ko'rmoqliklari zarur. Moliyaviy muammolaringiz muvaffaqiyatli hal bo'lsa ham bo'shashmasligingiz talab etiladi. O'zingiz bilasiz, pulning hech qachon ortiqchasi bo'lmaydi. Ayniqsa, xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi kutilayotganlar harakatlarini qilib ko'proq pul to'plashmasa bo'lmaydi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun sizga qo'shimcha daromad keltiruvchi ish taklif qiladiganlarning sanog'i bo'lmasligi mumkin. Bu masalada birovlar emas, intuitsiya bilan maslahatlashing. Aniqrog'i, qalbingizga quloq tuting. Shaxsiy hayotingizda mayda ko'ngilsizliklar kuzatilish ehtimoli bor. Kechki payt ro'zg'or uchun eng kerakli jihozlar xarid qilishingiz kutiladi. Ovqatlanishda me'yorni biling va rejimni buza ko'rmang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

22 iyulda siz ezgu maqsadlar, azaliy orzular sari shiddat bilan intila boshlaysiz. Garchi yo'lingizda o'ta jiddiy to'siqlar paydo bo'lsa ham ortga chekinishni xayolga keltirmang. Kuchingiz va imkoniyatlaringizni bo'lar-bo'lmasga sarflab yuborishdan saqlaning. Ularni buyuk ishlar uchun asrab qo'ying. Bugun yoga, raqs va fitnes bilan shug'ullanish muvaffaqiyat keltiradi. Qancha ko'p harakatlansangiz, organizm shuncha o'zini yaxshi his eta boshlaydi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun sizdan asosan ehtiyotkorlik va e'tiborlilik talab etiladi. Ularga nafaqat serqatnov yo'llarda, balki shaxsiy hayotda ham qat'iy amal qiling. Oilasiz bo'lsangiz, ehtiyotkorlik va e'tiborlilik romantik uchrashuv yoki tanishuvlar chog'ida juda asqotadi. Kun davomida favqulodda safarlar, sovg'a-salomlar olish va huquqshunos maslahati kabilarni boshdan o'tkazishingiz mumkin. Ish bajarishda passivlikka yo'l qo'ymang.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun taqdir sizga ishonchli va sadoqatli do'stni yo'llaydi. Tanishuv esa yo xizmat safaringiz chog'ida, yoki qaerdadir dam olayotganingizda yuz beradi. Shoshma-shosharlik bilan tugallangan ishlarning ijobiy natijasini kutmang. Oldin yaxshilab tekshiring, xatoga yo'l qo'ygan bo'lsangiz, o'sha xatolarni tuzatish payida bo'ling. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida uzoq muddatli shartnomani imzolashadi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

22 iyul kuni bir o'zingiz ancha-muncha mushkulotlarni boshdan o'tkazishingiz mumkin. To'g'ri, yordamchilar bo'ladi. Ammo ulardan arzirli yordam hadeganda chiqa qolmaydi. Shaxsiy hayotda sevgan insoningiz ham o'zini qandaydir g'alati tuta boshlashiga guvoh bo'lasiz. Oilalilar farzandlar bilan suhbatdan bir talay yoqimli emotsiyalar oladi. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing. Uxlashdan oldin sut ichib yoting, tushingiz totli kechadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

22 iyulda o'zingizga miriqib dam olish, xursandchilik va qimmatbaho sovg'alar hadya etishingiz mumkin. Mayli, agar ular halol ishlab topilgan bo'lsa, halolingiz bo'lsin. Tabiat qo'ynida dam olish paytida suv havzalarida spirtli ichimlik ichgan holda cho'milishingiz tavsiya etilmaydi. Ro'zg'orda elektrga ishlaydigan asboblardan foydalanishda ehtiyot bo'ling.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi