O'zbekistonliklar asosan qaysi kasallik tufayli ko'proq o'lim topmoqda?..

1

 

Statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, 2019 yil yanvar-iyun oylari oralig'ida respublika bo'yicha 75, 8 ming o'lim qayd etilgan. Shularning 62, 1 foizi qon aylanish tizimidagi jiddiy muammolar oqibatida, 9, 5 foizi o'simtalar, 5, 3 foizi ovqat hazm qilish tizimi faoliyati buzilishi, 4, 5 foizi nafas yo'li bilan bog'liq xastaliklar, 5, 4 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish, jarohat olish, 1, 4 foizi yuqumli hamda parazitar, 11, 8 foizi boshqa xastaliklar oqibatida vafot etgani aniqlangan.

1 yoshgacha bo'lgan chaqaloqlar orasida o'lim topganlar soni 3, 4 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 55, 3 foizi tug'ruq jarayonida yuzaga kelgan muammolar, 20, 4 foizi nafas yo'llari bilan bog'liq kasalliklar, 13, 3 foizi tug'ma anomaliya, 2, 2 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va parazitar xastaliklar, 0, 8 foizi ovqat hazm qilish tizimidagi muammolar tufayli olamdan o'tgan. Yuqoridagi ma'lumotlardan tegishli xulosalar chiqarishingiz tavsiya etiladi. Mutaxassislar barchamizni ogoh bo'lishga, sog'lom turmush tarzini kechirishga chaqirib qoladi.

Umringiz uzun bo'lsin! Sog'liq sizga yor bo'lsin!

 

 

1 TA FIKR

  1. Qachonki insonlar o’limi hurmatli shifokorlarimiz halol va mehnatsevar bolishsa ,qolaversa insonlarni chontagiga emas vijdon bilan erinmay toza mehnat qilishsagina kamayadi.Meditsinaga oid oliygohlarni kontraktli qilish emas ,eng yuqori byudjet ballari bilan o’qishni yolga qoyilsa yaxshi bolardi.Negaki kontraktli o’qishda hamma puli bor ham oqiyveradi.Inson hayoti bilan bogliq bunday dargohlarni chalasavod bolalar bitirib chiqmasligi kerak.

Comments are closed.