O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 25 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun zerikishga vaqtingiz ham, imkoniyatingiz ham, albatta xohishingiz ham bo'lmaydi. Negaki, ertalab do'stingizdan quvonchli xabar eshitasiz. Kunduzi kimlardir serdaromad ishda hamkorlik taklif qiladi. Kechqurun madaniy dam olish pallasi boshlanadi. Faqat bundan o'zingizni yo'qotib qo'ymang. Aks holda kechqurun bosh og'rig'idan shikoyat qila boshlashingiz hech gap emas. Shaxsiy mashinangiz bo'lsa, katta tezlikda harakatlanishdan tiyiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

25 iyul kuni taqdir sizga ko'pdan-ko'p qaynoq taassurotlar hamda yoqimli emotsiyalarni hadya etadi. Kuningiz quyoshli kechadi. Muammolar esa o'tmishga yo'l oladi. Kun davomida professional kasbingiz bilan bog'liq ishda katta yordam berishi mumkin bo'lgan inson bilan tanishishingiz kutiladi. Agar ishxonangizga yangi rahbar tayinlangan bo'lsa, u bilan juda ehtiyot bo'lib muloqot qiling. Kechqurun yaqin insoningiz bilan birga vaqt o'tkazing.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Ertalabdan yaqin o'tmishdan qolgan muammolar tinchingizni buzsa, kunduz kuni yangilari qatorlashib asabingizni buzadi. Achinarlisi, ulardan qochib qutulishning sira imkoni yo'q. Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan suhbat qurib harqalay oz bo'lsa-da optimizmga ega chiqasiz. Moddiy ahvolingiz o'rtacha kechadi. Ya'ni, boyib ham ketmaysiz, pulsiz ham qolmaysiz. Asosiysi, pulni bo'lar-bo'lmasga sarflashdan tiyiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

25 iyulda atrofdagilar kayfiyatingizni ko'tarishga qancha urinmasin, baribir xomushligingizcha qolaverasiz. Hatto, do'stlaringizning harakatlari ham zoe ketadi. Ammo kunning ikkinchi yarmida birdan kayfiyatingiz ko'tariladi. Sababi plastik kartochkangizga pul kelib tushishi kutilmoqda. Ko'pchilik pul odamning dushmani deydi-yu, ammo ba'zi holatlarda uning ham foydasi tegarkan. Ko'z tegmasin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Ertalab uyqudan uyg'ongach, kimlarningdir xayrli tong tilashini kutib o'tirmang. O'zingiz o'zingizga xayrli tong tilang, yetarli bo'ladi. Shunda kun bo'yi xush kayfiyatda bo'lasiz. Yo'lingizga qanday ko'ngilsizlik ko'ndalang bo'lmasin, baribir xush kayfiyatingizni buza olmaydi. Pulingiz ham yetarlidan ko'proq. Xaridlarni amalga oshirsangiz, bu ham kayfiyatga kayfiyat qo'shadi. Faqat kechqurun xizmat safariga otlanishingiz yomon. Chunki bu safar siz uchun hiyla yoqimsiz kechishi mumkin. Biroq iloj qancha. Borishga majbursiz.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

25 iyul kuni parizod burji ostida tug'ilganlar ro'zg'or tashvishlariga ko'milib qolmaslik uchun o'zlarini o'zlari xursand qilishga majbur bo'lishadi. Ishni qat'iy ro'yxat asosida amalga oshiring. Oilasizlar kun davomida orzusidagi insonni uchratishadi. Faqat sizda tashabbuskorlik yetishmaydi. Agar u ham yetarli bo'lganda, muhabbatda g'alaba faqat sizniki bo'lardi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar salomatligiga alohida e'tibor bilan yondashishlari tavsiya etiladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun umringiz bino bo'lib zabt etmagan muvaffaqiyat cho'qqilarini zabt etish sharafiga muyassar bo'lishingiz mumkin. Garchi vaqtingiz bo'lmasa-da, qiziqarli tadbirlarda ishtirok etishdan bosh tortmang. Ishda esa tajribangiz yetarli, lekin professionalizm kamroq. Bu bo'shliqni to'ldirishingiz kerak. Negaki, ishingiz bilan bog'liq ko'plab yangi qirralar paydo bo'lgan. Ularni o'zlashtirish uchun aynan professionalizm zarur. Kechki ovqatni imkon topsangiz tanovul qilmang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

25 iyul kunning birinchi qismida eski qadrdon do'stlardan biri bilan tasodifan uchrashib qolishingiz kutiladi. Faqat u sizga muvaffaqiyatlarini ko'z-ko'z qilib shu qadar maqtanadiki, beixtiyor ensangiz qota boshlaganini sezasiz. Tashvish chekmang, sizning ko'changizda ham bir kun albatta bayram bo'ladi. Cho'chimasangiz, shaxsiy biznesingizni oching. Bu sohada aniq muvaffaqiyat qozonasiz. Kechqurungi vaqtingizni dam olish, oila a'zolaringiz bilan muloqot va qiziqarli film tomoshasiga bag'ishlang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun kayfiyatingiz jangovar holatda bo'lishi kutilmoqda. Hatto do'stlaringiz ham sizni bu jangovarlik holatidan qaytara olishmaydi. Ishxonangizda rahbarlar bilan qaysidir masalada yoqimsiz suhbat bo'lib o'tishi mumkin. Hoynahoy, oxirgi bajargan ishingiz sifati ularga yoqib tushmagan bo'lsa kerak. Agar o'zingizni oqlash uchun yetarli dalil bo'lsa, undan unumli foydalaning. Eng asosiysi, ishxonadagi o'rningizni yo'qotmasangiz bas.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

25 iyul kuni nihoyat qatorlashgan ishlar, tashvishlardan xoli bo'lib chuqur nafas olishga fursat topasiz. Siz nimani reja qilgan bo'lsangiz, barchasini muvaffaqiyatli ado etdingiz. Muborak bo'lsin! Endi muvaffaqiyatlar mevasini tatib ko'rish uchun qiziqarli tadbir tashkil eting. Yoki tabiat qo'yniga yo'l oling. Havo almashtiring, cho'miling, toza havodan to'yib-to'yib nafas oling. Omadingizni bersin!

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun go'yo magnitga aylanib qolgandeksiz. Barchani o'zingiz tomon torta boshlaysiz. Siz bilan suhbat qurish, maslahatlar olish istagidalarning sanog'i bo'lmasligi mumkin. Ular orasida yaxshisi ham, yomoni ham bo'ladi. Yomonini sezib qolsangiz, darhol uzoqlashish payiga tushing. Muhabbatda oila qurmaganlar yodda tutsinlar. Tanlaganingiz sizning nazdingizda qanchalar ideal bo'lmasin, unga vassal bo'lib qolishdan saqlaning. Vassallikning oxiri yaxshi bo'lmaydi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

25 iyul kuni professional kasbingiz bilan bog'liq ishingiz sizga kutilmagan sovg'a tayyorlab qo'yishi kutilmoqda. Yaxshi ishlaganingiz uchun rahbarlardan olqishlarni qabul qilib olasiz. Shubhasiz, olqishlar mukofotsiz bo'lmaydi. Do'stlar bilan muloqotda masofa saqlang. Sirlaringizni to'kib solaverishdan saqlaning. Muhabbatda ishqiy sarguzashtlarga tashnalik sezsangiz, kechqurunni tanlang. Faqat sarguzashtlar oilasizlargagina tavsiya etiladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi