O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 27 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

27 iyul kuni qandaydir yirik tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Tadbir o'zingizga bo'lgan ishonch ortishida katta yordam berishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni ado etishda nafaqat tajriba, balki qo'shimcha bilimlar ham talab etiladi. Bilimingiz yetarli ekaniga amin bo'lmasangiz, internetdan kerakli bilimlarni topishingiz mumkin. Ishoning, bu harakatlaringizni rahbarlar mukofotsiz qoldirishmaydi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Kuningiz quvonchli o'tadi deb bo'lmaydi. Ishxonada rahbarlar asabingizni buzsa, oilada juftingiz muammolarni ko'ndalang qo'yishi mumkin. Nimayam qila olardingiz. Muammolarning yechimini qidirib topishdan bo'lak ilojingiz yo'q. Kunning ikkinchi yarmida cho'milish joylariga borib biroz nafas rostlash uchun imkoniyat tug'iladi. Qo'ldan boy bermang. Kechqurun yomon kayfiyatdan asar ham qolmaydi, ishoning.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

27 iyulda atrofdagilarning ayrimlari bilib-bilmay asabingizni buzadigan gaplarni gapirishi kutiladi. Agar har bir sovuq gapga asabiylashaversangiz, yaqin orada asabsiz qolasiz. E'tibor qilmang. Shaxsiy hayotingizda kechki payt qiziqarli bir hodisa yuz berishi ehtimolga yaqin. Oilasizlar bo'lg'usi juftini uchratishlari ham haqiqatga yaqin. Asosiysi, olis kelajakka boqishdan saqlaning. Bugungi kun bilan yashashga harakat qiling. Salomatligingizga alohida e'tibor bering.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Salomatligini tiklaydiganlar uchun bugungi kun juda foydali va unumli kechadi. Ishdan ortingan vaqtingiz zudlik bilan tibbiy ko'rikdan o'tish, ayrim profilaktika amallarini ado etishga fursat topasiz. Tabiat qo'ynida dam olish, cho'milish, rejim asosida ovqatlanish ham salomatlik mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bel og'rig'idan shikoyatingiz bo'lsa, uqalash muolajasini albatta oling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

27 iyul kuni jami xayollarni bir joyga to'plang va tilingizga qulf soling. Bu degani, atrofdagilarga rejalaringiz, yutuqlaringiz haqida gapiraverishdan tiyiling. Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo'lishi kutilmoqda. Bu sizga optimizm hadya etishi tayin. Shamollagan bo'lsangiz, faqat dori-ukolga ishonib qolmang. Xalqona usullarga ham murojaat etib ko'ring. Bu usullar immunitetni ko'tarishda ham asqotadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Ishda ham, muhabbatda ham omadingiz chopadi. Lekin ba'zi do'stlarimizning ruhiyati hanuz depressiya ta'siridan chiqa olmay azoblanayotgan bo'lishi mumkin. Bu muammoni faqat o'zingiz bartaraf eta olasiz. Ruhan tetik bo'lishingiz lozim. Oiladagi mayda-chuyda yumushlar bilan o'ralashib qolmaslikka harakat qiling. Ruhiy yetuklikka eltuvchi mashg'ulotlar topib, o'shalar bilan shug'ullaning. Masalan, suzish ham ruhiyatga juda yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar profilaktika masalasini unutib qo'ymasliklari kerak.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

27 iyulda kuch ham, imkoniyat ham, shiddat ham sizda bo'ladi. Ish bormi, muammo bormi, yo'l-yo'lakay adabini berib uddalaysiz. Ro'zg'ordagi yig'ilib qolgan muammolarni ijobiy hal etishda esa yaqin do'stlardan biri yordam beradi. Elektr bilan ishlaydigan jihozlarni ham xuddi o'sha do'stingiz sozlab beradi. Bugun sportchilar va aqliy mehnat kishilarining kuni tug'adi. Faqat kechqurun toza havo sayrini o'tkazib yubormang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun ayrimlar mehnat ta'tilidaligidan foydalanibmi, sayohatga otlanishlari mumkin. Lekin sayohatga albatta yaqin kishingizni hamroh qilib oling. Bundan oldin ro'zg'or va ishxonadagi yumushlarni uddalab qo'yishingiz talab etiladi. Bundan tashqari, moddiy ahvolingizni yaxshilash payida bo'ling. Shunday qilingki, siz sayohatdan qaytgach, zahira pullar bilan ma'lum muddat yashab tura oladigan bo'ling. Olis yurtlarga borsangiz, o'zingizni va sog'lig'ingizni asrang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

27 iyul kuni ojiz jihatlaringizga qarshi keskin kurash olib borishingiz tavsiya qilinadi. Hatto, muhabbatda qanchalar kuchli va irodali ekaningizni juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga qayta-qayta isbotlay oladigan bo'ling. Endi shaxsiy biznesini ochganlar bugun raqobatchilar bilan to'qnashishlariga to'g'ri keladi. Irimiga to'g'ri kelmasa-da, kechqurun qarzlaringizni egalariga qaytarishingiz kerak bo'ladi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun kayfiyatingiz boshqa kunlardagidek ko'tarinki bo'lmasligi mumkin. Bunga ishxonangizdagi ayrim holatlar ham sabab bo'ladi. Yumushning og'irini sizning yelkangizga ortib qo'yishsa, shundan ham achchiqlanishingiz turgan gap. Biroq yumushlarni sifatli ado etsangiz, mukofotini albatta olasiz. Salomatlikni mustahkamlash masalasiga ham e'tibor qarating. Hammomda bug'lanish ham salomatlikni mustahkamlaydi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

27 iyul kuchli bosimlar ostida kechishi kutiladi. Ishni qoyillatasiz. Unum, daromad ham yomon bo'lmaydi. Faqat allakimlar yo'q joydan asabbuzarliklar topib siz tomonga irg'ita boshlashi alam qiladi. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do'stingiz juda muhim bir masalada siz bilan gaplashib olishni xohlashi mumkin. Do'stingiz uchun albatta vaqt ajrating. Kechqurun yolg'izlar uchun toza havo sayri romantikaga boy bo'ladi. Omadingizni bersin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Baliq burji ostida tug'ilganlar bugun faqat o'zlarigagina ishonishlari lozim. Ayniqsa, yaqinda kimdir sizni aldagan yoki chuv tushirgan bo'lsa, bugun ehtiyotingizni qiling. Tushdan keyin plastik kartochkangizga yoki kissangizga pul kelib tushishi mumkin. Yoqimli xaridlar sari shoshiling. Tanani chiniqtirishga yo'nalgan muolajalar bugun xayrli o'tadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi