BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

0

 

 

DON JUANNING KUNDALIGIDAN

 

***

 

To'ygacha erkak va ayol bir-birlariga «Menga faqat sen yoqasan» deyishsa, to'ydan so'ng «Sen faqat menga yoqasan» deyishadi.

 

* * *

 

Sevsang, shunday ayolni sevginki, xotining tutib olganda ko'rsatishga odam uyalmaydigan bo'lsin.

 

* * *

 

Erkak o'zini yomon his qila boshlasa, ayol qidirishga tusharkan. O'zini yaxshi his qila boshlasa esa, yana bir boshqa ayol qidirib qolarkan.

 

* * *

 

Shkafga o'zi shkafga o'xshaydigan jazman hech qachon yashirinmaydi.

 

* * *

 

Erkakning baxtli bo'lishi uchun ayol kerak. To'liq baxt uchun esa, to'la ayol kerak.

 

* * *

 

Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik tufayli odam nafaqat o'lishi, balki, umuman tug'ilmasligi ham mumkin.

 

* * *

 

Xo'sh, yolg'iz erkak uylangan erkakdan qanday farqlanadi. Men sizga aytaman. O'lg'iz erkak uydagi ishlarning barchasini o'zi bajaradi. Uylangan erkakni esa, shu ishlarni bajarishga xotini majburlaydi.

 

* * *

 

Donjuanning qadah so'zi:

— Xudoyo Xudovando, oxirgisi bo'lmasin!