KUN KULGISI…

0

 

 

* * *

 

Tergovchining qizi otasiga dedi:

Dada, men homiladorman! Mana gumondor shaxslarning ro'yxati!

 

* * *

 

G'ijjakchi shahar gazetalaridan birining bosh muharririga baqira ketdi:

— Muxbiringiz qanaqangi savodsiz odam-a? Men unga g'ijjakda buyuk Stradivarini ijro eta olaman desam, maqolasida bu haqda bironta so'z yo'q!

— Shunaqami? O'sha Stradivaringiz o'zini gazetada reklama qilmoqchi bo'lsa, har bir qator uchun o'n dollardan to'lasin!

 

* * *

 

Ikki yigit oldinma ketin kechasi qalin o'rmonda ketib borishardi. Oldindagisi to'satdan to'xtab cho'ntagidan pichoq chiqardi-da, orqadagiga o'qtaldi.

— Pul bormi?..

Orqadagi yigit ham xotirjamgina qo'ynidan bolta chiqardi.

— Pulni nima qilasan?

— H-haligi… Maydalamoqchiydim.

 

* * *

 

Mehmonxona adminstratori yosh kelin-kuyovlardan so'radi:

— Sizlarni qachon uyg'otib qo'yay?

— Soat kechasi birda, uchda va beshda.

 

* * *

 

Ona qizidan so'radi:

— Yoningdagi yigit kim?

— Bu mening bo'lg'usi birinchi erim.

 

* * *

 

Er xotiniga shivirladi:

— Iltimos, jonim, poyafzalimni yechib televizorni o'chirgin!

— Ozgina sabr qilib turing, dadasi, biz hali kinoteatrda o'tiribmiz.

 

* * *

 

Qop-qora tunda, qop-qorong'i xonada yotsam, xotinim qop-qora ko'ylak va qop-qora shippakda oldimga kirib kelib baqira ketdi:

— Umrimning eng yorug' lahzalarini qaytarib bering!

 

* * *

 

Qizil Shapkacha o'rmonda ketayotgandi. Oldidan bo'ri chiqib qoldi.

— Voy, buncha ko'zlaring katta, bo'rivoy? — dedi Qizil Shapkacha.

Bo'ri shu zahoti qochib qoldi. Qizil Shapkacha yo'lida davom etdi. Bir mahal qarasa, bo'ri daraxt panasida berkinib turibdi.

— Voy, buncha quloqlaring chiroyli, bo'rivoy? — dedi Qizil shapkacha.

Bo'ri yana tiraqaylab qochdi. Qizil Shapkacha yo'lida davom etdi. Ancha yo'l bosib mundoq o'girilsa, bo'ri oq qayin ortida yashirinib turibdi.

— Voy, buncha tishlaring chiroyli, bo'rivoy? — dedi Qizil Shapkacha. Shunda bo'rib uv tortib yubordi.

— Sening dastingdan hojatga chiqib kela olamanmi-yo'qmi-a?

 

* * *

 

E'lon:

— Poytaxt markazidagi kvartiramni sotaman, yoki biron-bir viloyatdagi qishloqqa almashtiraman.

 

* * *

 

— Men sevgan qizim bilan, mana, ikki yildan beri uchrashaman.

— O', yaqinda dembel ekan-da!