MUZQAYMOQNING FOYDA VA ZARARI…

0

 

Rossiya fanlar akademiyasi mutaxassislaridan biri Olga Grigoryanning ta'kidlashicha, muzqaymoq tarkibida inson organizmi uchun zararli moddalar mavjud. Ularni ko'p iste'mol qilish o'rganishga olib keladi. Muzqaymoqlar orasida faqat mevalisigina zararlardan xoli. Chunki unga kimyoviy moddalar, aromatizatorlar qo'shilmaydi. Eng zararli muzqaymoq arzon narxda sotiladiganlari hisoblanadi. Ularga qo'shiladigan kimyoviy moddalar, o'simlik yog'i qondagi xolesterin miqdorini oshiradi. Qolaversa, muzqaymoqni har kuni iste'mol qilish ortiqcha vazn yig'ilishiga ham olib keladi. Shunga qaramay, muzqaymoqlarning foydali jihatlari ham yo'q emas. Agar haftasiga 100 grammdan 2-3 marta muzqaymoq iste'mol qilinsa, tishlar, suyaklar mustahkam tortadi. Muzqaymoq tarkibidagi kaliy, magniy, «V» guruhiga kiruvchi vitaminlar yurak faoliyatini yaxshilaydi.