O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 29 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

29 iyulda ish bajarishda bor tajribangizdan unumli foydalanishga harakat qiling. Oilalilar jufti bilan ikkovlarini qiziqtirgan mavzuda qiziqarli suhbat o'tkazishi kutiladi. Suhbat munosabatlaringiz mustahkam tortishida juda asqotadi. Kunning ikkinchi yarmida firibgar, yolg'onchi va ikkiyuzlamachilarga chuv tushib qolishdan saqlaning. Kechqurun toza havoda sayr qilish ham esingizdan chiqmasin.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun buzoq burji ostida tavallud topganlarning yangi bilimlar xazinasini egallashga ishtiyoqi juda kuchli bo'ladi. Xuddi shu narsa yangiliklar yaratishga undab turadi. Ish joyingizda martabangizni yuqorilatish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'ladi. Moliyaviy muammolarni batraraf etishda novatorlik g'oyalari zarur bo'ladi. Ana shunda muammolarni to'liq ijobiy hal etasiz. Uyingizga daromad keladi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

29 iyul kuni mulohaza qilgan holda, eskicha yondashuvlardan voz kecha olsangiz, omad faqat siz tomonda bo'ladi. Faqat o'ylab ko'ring. Sizga boylik kerakmi, yo professional kasbingiz bilan bog'liq ishda taraqqiyotmi? Muhabbatda oila qurmaganlar uchun bo'lg'usi juftiga noan'anaviy yo'nalishda munosabat yuritish talab etiladi. Treninglar, seminarlarda ishtirok eting. Sog'lig'ingizni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Shaxsiy hayotda hech narsani o'zgartirmang. Bu ko'ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Kun mobaynida o'zingizda taftish o'tkazib, barcha minus jihatlaringizni aniqlash payida bo'lasiz. Moliyaviy masalada omadingiz kuladi. Lekin mo'may daromadlarga umid bog'lamang. Xudo berganiga shukr qiling. Kechki payt oilalilar jufti bilan birga madaniy dam olish masalasiga e'tibor qaratishlari tavsiya etiladi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

29 iyulda oilangiz uchun iliq atmosfera va mehr-oqibatni paydo eting. Boshqalar yordamiga ishonib qolmang. Bugun sport bilan shug'ullanish, madaniy dam olish xayrli kechadi. Daromad manbaingiz o'zgarishi mumkin. Biroq faoliyatingizda o'zgarish yasashga urinmang. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketadi. Safar sizga bir dunyo ijobiy emotsiyalarni taqdim etadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Kuningiz quvonchli o'tadi, ammo unumli emas. Bir necha oylar davomida qaysidir loyiha ustida ish olib borgansiz, lekin ko'zlangan daromadni hadya etmaydi. Na iloj, shunaqasi ham bo'lib turadi. Ro'zg'ordagi muammolar ham jiddiy. Ularni hal etishingiz uchun yangi g'oyalar zarur bo'ladi. Oila qurmagan bo'lsangiz, muhabbatda omadingiz chopadi. Orzuingizdagi insonni uchratish imkoniyati bor. Foydalanib qoling. Salomatlik haqida qayg'urishni ham unutib qo'ymang.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

29 iyul kuni sira qo'rqmasdan ko'ngil yozishingiz mumkin. Pulni tejash haqida ham o'ylab o'tirmang. Faqat xaridlarni amalga oshirishda eng muhim buyumlarni sotib olsangiz bas. Kayfiyatingiz a'lo darajada bo'ladi. Bu sizga ayrim odamlar bilan munosabatlarni yaxshilab olishda yordam beradi. Kechki payt kimlardir sizga g'alati bir sirni ochishi kutiladi. Kechqurun ba'zi do'stlarimizning xonadoniga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Ayollar, qizlar ertalab uyg'ongach, go'zallik saloniga chiqib kelishlari tavsiya etiladi. Ishoning, bu go'zalligingizga go'zallik qo'shadi. Shu bahonada anchadan beri asabingizga tegib kelgan soch rangidan xalos bo'lib, yoqadigan rangga bo'yab olasiz. Bu amalingiz oilali bo'lsangiz, juftingizga albatta yoqib tushadi. Kechqurun salomatligingizni mustahkamlash masalasiga jiddiy e'tibor qarating. Oila qurmagan bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingizni o'zingizga bo'ysundirishga urinmang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

29 iyulda birinchi bo'lib dunyoqarashingizni yaxshilash harakatida bo'ling. Mustaqil fikrlashdek qimmatli xislatingizni aslo yo'qotmasligingiz kerak. Bugun olisga, xizmat va shaxsiy ish bilan tashkil etiladigan safarlarning barchasi muvaffaqiyatli kechadi. Faqat safar davomida qiynalmasligingiz uchun transportning o'zingizga ma'qulini tanlang. Shamollash, gripp, anginadan bezovta bo'lsangiz, faqat zamonaviy tibbiyot imkoniyatlaridan foydalaning.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun ko'pchilik uchun fikrlashingiz, ishlashingiz talab etiladi. Rahbarlar topshirgan vazifa ancha mushkul chiqib qoladi. Shu sababli hamkasblarga yordam berish sizning chekingizga tushadi. Qarindoshlar ranjimasliklari uchun ro'zg'or muammolarini ham chin ko'ngildan, tez ado etishingiz kerak. Ular anchadan beri ro'zg'orga qaramay qo'yganlikda ayblashardi. Bugun o'sha aybni yuvishingizga to'g'ri keladi. Oilali, farzandli bo'lsangiz, farzandlar haqida ko'proq qayg'uring.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

29 iyul kuni juda quvnoq bir davraga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Shu zahoti asabiylik, depressiya balolarini unutasiz. Moliyaviy masalada o'ta jiddiylik bilan harakatlar sodir eting. Tanaffuslarga haqli emassiz. To'xtovsiz ishlash orqaligina ko'zlangan daromadga erisha olasiz. Kechqurun tabiat qo'yniga chiqib ketib dam olishingiz tavsiya qilinadi. Cho'milish, uzoq vaqt piyoda sayr qilish ham salomatlikka foyda beradi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Baliq burji ostida tavallud topganlar bugun boshqalar uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ko'pchilik sizdagi serqirra iste'doddan hayratda. Bugun ham ularni yanada ko'proq hayratga solishingiz talab qilinadi. Agar surunkali xastalikka qarshi davolanayotgan bo'lsangiz, chala-chulpa qoldirib ketishingiz noto'g'ri bo'ladi. Oxirigacha davolanishingiz tavsiya qilinadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi