Havo haddan ziyod isib ketishining yana bir zarari aniqlandi…

0

 

Amerikadagi Nevada universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotlar havoning haddan tashqari isib ketishi oqibatida ko'chalardagi asfalt odamlar uchun jiddiy xavf tug'dirishi muqarrarligini aniqlab berdi. Aytishlaricha, havo tashqarida 35 daraja isiganda, asfaltdagi harorat +65 darajani tashkil etadi. Bunday issiqdan bir necha soniya ichida inson terisi ikkinchi darajali kuyish jarohatini olishi aniq.

Buning uchun olimlar 2013-2017 yillar oralig'ida Las-Vegas shahrida kuyish jarohatlari olgan 173 kishini qayta tahlildan o'tkazishdi. Ularning asosiy qismi yoz oylarida troutarlarda havo isib ketishi tufayli kuyish jarohatini olganiligi ma'lum bo'ldi. Jarohatlar aynan qaynoq asfaltdan olingan ekan. Mutaxassislar bunday kuyish jarohatlari ko'rish imkoniyati pastlar, bolalar va avtohalokatga uchraganlar uchun ko'proq xavf solishini alohida ta'kidlashdi.

O'zingizni ehtiyot qiling!