Yurak xuruji tahdid solayotganidan darak beruvchi asosiy belgilar

0

Yurak xuruji butun dunyodagi o'lim holatlarining asosiy sababiligicha qolmoqda. Har yili 700 mingdan ziyod kishi yurak bilan bog'liq muammolar natijasida hayotdan ko'z yummoqda. Eng yomoni, bu o'lim holatlarining aksariyatini o'z vaqtida shifokor yordamida oldini olish mumkin. Hatto oddiy profilaktika ham bunda yordam beradi. Tanamiz maxsus signallar orqali yurakdagi muammolardan ogohlantiradi. Afsuski, bu belgilarga hamma ham e'tibor beravermaydi. Don’tPanic sizlarga yurak xuruji tahdid qilayotganidan bir oy oldin darak beruvchi eng muhim belgilar haqidagi ma'lumotlar bilan bo'lishdi. Bu xaqida “Sof”  nashri xabar bermoqda

Oshqozon og'rig'i

Qorin bo'shlig'idagi og'riq, ovqat yegan yoki yemaganingizdan qat'i nazar, jiddiy muammolarga ishora qilayotgan bo'lishi mumkin. Ko'ngil aynishi va qorinning dam bo'lishi ham yurak xuruji belgilarining eng keng tarqalgan belgilaridan hisoblanadi. Yurak xuruji oldidan kuzatiluvchi oshqozon og'rig'i qisqa muddatli va takroriy xarakterga ega bo'ladi. Shunday holatga duch kelsangiz, darhol tez tibbiy yordam xizmatini chaqiring.

Nafas qisishi

Nafas qisishi va tartibsiz nafas olish yurak xurujiga taxminan 6 oy qolganda kuzatiladi. Aksariyat bu ogohlantiruvchi belgiga jismoniy mashqlarning yetishmasligi yoki aksincha, zo'riqish deb qarab, e'tibor bermaydi. Qanday nafas olayotganingizga e'tiborli bo'ling. Agar davomli ravishda nafasingiz qisayotganini sezsangiz, shifokorga ko'rinishingiz kerak.

Soch to'kilishi

G'alati, lekin fakt: kutilmaganda va keskin soch to'kilishi yurak kasalliklarining yuqori xavfga ega tashqi ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu belgi ko'pincha 35 yoshdan oshgan kishilarda kuzatiladi. Soch to'kilishi shuningdek doimiy stress natijasida yuzaga keladigan kortizol gormoni ko'rsatkichlarining oshishi bilan ham bog'liq. O'zingiz tushunib turganingizdek, buzilgan asab tizimi yaxshilikka olib kelmaydi.

Aritmiya va taxikardiya

Yurak bilan bog'liq muammolarning eng yaqqol belgisi shular bo'lsa kerak. Aritmiya (yurakning betartib urishi) yoki taxikardiya (yurak urishi tezligining oshishi) odatda kutilmagan vahima bilan boshlanadi. Agar yurak xuruji yaqin bo'lsa, aritmiya 2-3 daqiqa davom etadi. Holdan toyish kuzatilib, bosh aylanadi.

Haddan ziyod ko'p terlash

Haddan ziyod ko'p terlash yurak xurujidan erta ogohlantirish hisoblanadi. Bu kun yoki tunning istalgan vaqtida ro'y berishi mumkin. Bundan tashqari, siz gripp belgilariga o'xshash belgilarni sezishingiz mumkin – hatto harorat ko'tarilishigacha. Agar shamollamagan bo'lsangizu ertalabga borib choyshabingiz namlanayotgan bo'lsa, shifokorga murojaat qilishni kechiktirmang.

UNEWS