«Real» yana mag'lubiyatga uchradi (+foto va video)

0

Germaniyaning Myunxen shahrida an'anaviy Audi Cup mavsumoldi o'rtoqlik turniri start oldi.

Kunning ilk o'yinida «Real» klubi «Tottenxem»ga qarshi to'qnash keldi va minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona gol madridliklar himoyachisi Marseloning xatosidan so'ng, Xarri Keyn tomonidan urildi.

Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 23:30da kunning ikkinchi bahsi mezbon «Bavariya» hamda «Fenerbahche» (Turkiya) o'rtasida o'tkaziladi.

Zayniddin Zidan shogirdlari esa ketma-ket ikkinchi nazorat bahsida yutqazishdi. Avvalroq, ular Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida «Atletiko»ga 3:7 hisobida yengilishgandi.

«Real» – «Tottenxem» – 0:1 (0:1, 0:0)

«Allyans Arena» o'yingohi.

Gol: Keyn, 22.

«Real» – Navas, Serxio Ramos, Varan (Nacho, 65), Karvaxal (Odriosola, 80), Marselu (de la Fuente, 80), Kroos (Vinisius Junior, 64), Modrich (Seoane, 80), Vaskes (Valverde, 65), Azar (Isko, 80), Benzema (Dias, 80), Rodrigu (Kubo, 80).

«Tottenxem» – Gassaniga (Lloris, 46), Alderveyreld (Lukas Moura, 46), Fertongen (Sanches, 46), Rouz (Georgiu, 46), Foyt (Tanganga, 46), Ndombele (Uoker-Piters, 46), Eriksen (Skipp, 46), Uinks (Sissoko, 46), Lamela (Alli, 46), Keyn (Perrott, 66), Son Xыn Min (Nkudu, 66).

Ogohlantirishlar: Georgiu, 54. Serxio Ramos, 64.

KEYNNING GOLI