O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 31 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

31 iyul kuni qalbingiz va sizning orangizda qarama-qarshilik paydo bo'ladi. Bu kurashda yolg'iz g'alaba qozona olmaysiz. Yaqinlaringiz yoki psixolog yordami zarur bo'ladi. Muhabbatda qaltis ishlarga qo'l urmasligingiz tavsiya qilinadi. Hammasi boricha qolaversin. Shunisi tinch. Hayotdan zavqlaning. To'yib-to'yib nafas oling. Tabiat qo'yniga chiqib havo almashtiring. Bugun faqat dam olishgina sizga hamrohlik qila oladi. Sog'lig'ingizni asrang. To'g'ri ovqatlaning.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun yangi davralardan nari bo'lishingiz, jamoatchilik fikri va rahbariyat bilan ro'baro' bo'lishdan saqlanishingiz talab etiladi. Faollik bugun sizga faqat ziyon yetkazadi. Shuning uchun panada tura qoling. Ish joyingizdagi yumushlarni bajarishda xatoga yo'l qo'ya ko'rmang. Obro'yingizga putur yetishi mumkin. Agar taqdir sizga boshqa yo'l ko'rsatayotgan bo'lsa, o'sha yo'ldangina boring. Moliyaviy masalada yutuqlarga erishish uchun tejamkor bo'lishingiz zarur.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

31 iyulda omad sizdan yuz o'girmaydi. Faqat to'liq g'olib bo'lishingizga hali erta. Taqdir yuborgan ko'rgiliklar, muvaffaqiyatlar, ko'ngilsizliklarni mardona va xotirjamlikda qabul qilib oling. Miyangizga o'rlaydigan yomon o'ylarni haydab soling. Suyukli insoningizning munosabatlarida sovuqqonlik ko'zga tashlanishi mumkin. Yo'lini topsangiz, sovuqqonlikka tez orada barham bera olasiz. Bardam bo'ling! Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun faqat ko'nglingizga yaqin odamlar bilan muloqotda bo'ling. Yoqtirmaydiganlaringizdan nari bo'lishga harakat qiling. Ishda rahbarlar bilan birgalikda o'ylab topgan usullardan unumli foydalaning. Shunda mukofot ham, daromad ham, hurmat-e'tibor ham bo'ladi. Oilada har bir kichik quvonchli lahzadan ham zavqlanish payida bo'ling. Omadingizni bersin. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

31 iyul kuni hayotingizda bir umr esda qoladigan yoqimli lahzalar ko'p bo'lishi kutilmoqda. Siz o'sha lahzalarni suratga olib qo'ysangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Moddiy ahvolingiz xuddi qon bosim kabi kun davomida sakrab turadi. Goh yaxshilanadi, goh yomonlashadi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar ko'chadan kattagina pul topib olishi ehtimolga yaqin bo'lib turibdi. Agar kechqurun xizmat safariga jo'nab ketsangiz, bilingki, safar sizga muvaffaqiyat keltiradi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun aslo yolg'iz qolmang. Har bir kutilmagan sovg'adan zavq oling. Ishlaringizda unum ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, aqliy mehnat parizod burji ostida tug'ilganlarga omad va yoqimli lahzalarni hadya etadi. Lekin jismoniy mehnatdan qoching. Salomatligingizga putur yetadi. Ruhingiz shikastlanadi. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin. Bundan tashqari, yoqimli xabar ham eshitasiz. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

31 iyulda taqdir nafaqat yoqimli onlarni, balki mushkulotli soatlarni ham hozirlab qo'yishi mumkin. Amalda hayotiy va ish tajribangizni uyg'unlashtirgan holda muammolarni bartaraf eting. Bugun har qanday xastalikka qarshi davolanish, ichki dunyoni taftishdan o'tkazish va obro'li shaxslar bilan uchrashib muloqot qilish xayrli kechadi. Atrofdagilar qarshisida o'zingizni idora eta biling, agressivlikka aslo yo'l bermang. Kechqurun toza havoda o'tirib dam olsangiz, foydadan xoli bo'lmaydi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Atrofdagilar, ish joyingizdagilar bilan qarama-qarshi fikrlashingiz kutiladi. Go'yo hech kim sizga quloq tutmayotgandek, sizni tushuna olmayotgandek tuyula boshlaydi. Ammo bunday kayfiyatda ishlash ziyon keltiradi. Kun davomida ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingiz mumkin. Faqat tadbirga kechikib bormasligingiz tavsiya etiladi. Daromad bo'ladi, faqat kam. Bir so'z bilan aytganda, boyib ham ketmaysiz, pulsiz ham qolmaysiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

31 iyul kuni neki ishga qo'l ursangiz, unumini albatta ko'rasiz. Prinsiplaringizni yo'qotishdan saqlaning. Aks holda ishda hushyorlikni boy berib qo'yasiz. Shaxsiy hayotda qalbingizgagina quloq tuting. Suyukli insoningiz bilan munosabatlaringiz sovuqlashgandek. Muloqot va xushomadlarni ko'paytirishga harakat qiling. Oilasizlar kechqurun romantik uchrashuvga otlanadigan bo'lib turishibdi. Baxt sizga yor bo'lsin! Salomatlikka alohida e'tibor bilan yondashing.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun tog' echkisi burji vakillari nafaqat firibgarlarga chuv tushib qolishi, balki g'iybat va bo'htonlar changaliga ham tushishi kutiladi. Afsuski, bularning barchasiga qarshi yolg'izlikda kurasha olmaysiz. Yordamchilarni qidirib topishingizga to'g'ri keladi. Bugun xaridlarni amalga oshirish, xizmat safariga borish, uy ta'miri muvaffaqiyatli kechadi. Zahiradagi pullaringizni ham aylantirish payida bo'ling. Pulni pul topadi deb bekorga aytishmagan.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

31 iyulda kimlardir oyog'ingizdan chalishi yoki chalishga harakat qilib ko'rishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda qandaydir ko'ngilsiz hodisa sodir bo'lsa, buning sababini o'zingizdan qidiring. Yaqin do'stlardan birining qimmatli maslahatlari ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda juda asqotadi. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Yaxshi dam oling!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Oilasizlarning ba'zilari ko'z ostiga olgan odamning yoniga borib ko'nglini ochishga uyalishi mumkin. Ammo qachongacha uyalib yurasiz? Tavakkal qiling. Shu orada ishlaringizni ham chin ko'ngildan ado etishga harakat qiling. Bugun ijodkorlarning kuni tug'adi. Badiiy ko'rgazmalar zaliga sayr qilish muvaffaqiyatli kechadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi