ANGLIYaLIK AYoL SOBIQ ERIGA O'Z BUYRAGINI HADYa ETDI…

0

 

Angliyaning Bromli shahrida yashovchi 43 yashar Kelli Xoup (Kelly Hope) sobiq eriga o'z buyragini hadya etdi.

Gap shundaki, 44 yoshli Den Payett o'n yildan beri buyrak xastaligidan azob chekardi. 2017 yili uning ahvoli og'irlashdi. Vrachlar tirik qolishi uchun buyragini almashtirish kerakliga ishora qilishdi. Oradan bir yil o'tdi. Hadeganda donor topila qolmadi. Shunda Xoup xonim yordamga keldi. U sobiq eriga donorlik qilishini bayon etdi.

— Biz ajrashgan bo'lsak-da, — dedi ayol. — Bolalarim otasiz qolishini istamayman…

Kerakli tahlillar olingach, vrachlar ikkovlariga ham qon guruhlari to'g'ri kelmayotganini aytishdi. Bu jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkin degani edi. Sobiq er-xotinlar tavakkal qilishdi. 2018 yil avgustida erkak o'ta murakkab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi. Oradan besh kun o'tgach, Payett uyga qaytdi. Xoup xonimning gapiga qaraganda, bu voqea oilani yana birlashtiribdi. Ular birga yashay boshlashibdi. Barchalarining baxtini bersin!