O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

1

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

1 avgust kuni yaqin o'tmishda yo'l qo'ygan xatolar jabrini tortishingizga to'g'ri keladi. Oila a'zolaringiz, do'stlar maslahatiga quloq tuting. Ular sizni jabr ko'rishdan asrab qolishlari mumkin. Moliyaviy ahvolingiz o'rtacha ko'rinishda bo'ladi. Kechqurun o'zingiz bilib-bilmay noto'g'ri bir harakatni sodir etib qo'yishingiz mumkinki, keyin uyatdan qaerga berkinishni bila olmay halak bo'lasiz. Sog'lig'ingizni juda ehtiyot qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun yanada realistorq bo'lishingizga to'g'ri keladi. Hatto, romantika og'ushida bo'la turib ham realistlarcha yo'l tuting. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham bo'shasha ko'rmang. Doimo yonib turing. Ana shunda ezgu maqsadlarga tezroq yetasiz. Xayolparastlikka berilmang. Aks holda ro'zg'oringizdagi muammolarni bartaraf eta olmasligingiz mumkin. Uy ta'miriga kirishishni mo'ljallagan bo'lsangiz, kamroq xarajat qilishga urinib ko'ring. Bu qo'lingizdan keladi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

1 avgustda kimningdir hisobidan boyib ketib qolishingiz ehtimoli bor. Qanday qilib deysizmi? Do'stlardan birini qandaydir xavfli balodan qutqarib qolasiz-u, u sizga mukofot taqdim etadi. Notanish odamlar bilan ehtiyot bo'lib muloqot qiling. Ular ishonchli do'stga aylanishi mumkin degan xayolni miyangizdan chiqarib tashlang. Oilada qarindoshlar bir-birlari bilan janjallashib qolishlari kutiladi. Siz esa ularni tinchlantirish bilan ovora bo'lasiz.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun ish joyingizda kamtar bo'lib yurishga harakat qiling. Iste'dod, tajribangizni hamkasblar qarshisida namoyish qilish fikridan yiroq bo'ling. Shundoq ham keyingi paytlarda yomon natijalarga erishmagansiz. Yozda kasal bo'lish juda yoqimsiz kechadi. Ammo na iloj. Shamollash degan narsa tomog'ingizdan olishi mumkin. Shuning uchun muzdek ichimliklar ichmaslikka, sovitkich qarshisida uzoq turib qolmaslikka harakat qiling. Kechqurun o'zingiz uchun qadrli hisoblangan odamlar davrasida vaqt o'tkazishingiz tavsiya etiladi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

1 avgust kuni har ishda ham qalbingizga quloq tutaverish noto'g'ri bo'ladi. Qalbingiz ham ahyon-ahyonda ayyorlik qilib ko'nglingizni og'ritishi hech gap emas. Ishda prinsiplardan voz kechgan holda harakatlar sodir eting. Agar har ishda yetakchi bo'lishni xohlasangiz, oldin professionalizmni keng namoyish eta bilishingiz kerak. Oilada esa shundog'am yetakchisiz. Asabni ehtiyotlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun atrofingizni tushungan, tartibli, aqlli insonlar qurshab olishi kutilmoqda. Xuddi o'sha insonlar bilan bekorga tanishib, do'st tutinmaganingizni anglab yetasiz. Moliyaviy masalada yutuqqa erishish uchun ham do'stlardan biriga qo'ng'iroq qilishingiz kerak bo'ladi. Muhabbatda har narsaga o'zingizni ayblab, siqilavermang. Aks holda oilasiz bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingiz, oilali bo'lsangiz, juftingiz ustingizdan ochiqchasiga kula boshlashi hech gap emas.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

1 avgustda tun bo'yi yaxshi uxlay olmagan chiqasizmi, miyangizni kun davomida bo'lar-bo'lmas xayollar chulg'ab sizga tinchlik bermasligi mumkin. Ish tanlashda bugun daromadiga emas, ishning qiziqarli yo aksinchaligiga qarab tanlang. Kunning ikkinchi yarmida badavlat qarindoshlardan biri sizni moddiy jihatdan yaxshigina qo'llab yuborishi kutiladi. Bundan tashqari, qimmatli maslahatlardan ham mosuvo qolmaysiz. Kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishingiz mumkin. Ammo safar sizga ko'ngilsizlik hadya etishi ham ehtimoldan xoli emas.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Chayon burjida tavallud topganlar bugun muloqotda ham, ovqatlanishda ham tanlov masalasiga alohida e'tibor qaratishlari kerak. Shunda atrofdagilar bilan orangizda muammo bo'lmaydi, oshqozon xastalanish xavfidan xoli bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlarni yangi tanishuvlar, quvnoq davralar kutib qoladi. Agar ishni ma'lum muddatga yig'ishtira turish zarurati tug'ilsa, ko'nglingiz xohishiga itoat eting.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

1 avgust kuni kelajak haqida o'ylashdan tiyila turing. Vaziyatga to'liq ishoning. Shunday ahvolda ham yaqinlaringiz, do'stlarga ko'rinish ortiqchalik qilmaydi. Ayniqsa, zahiradagi pullarni ikki barobar ko'paytirib qo'ygan bo'lsangiz, dam olishga, nafas rostlashga ham haqlisiz. Salomatligingizda muammo bo'lmaydi. Emotsional ahvolingiz biroz injiqlanishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilib vaqt o'tkazing.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun tog' echkisi burji ostida tavallud topganlarga immunitetni mevalar yordamida ko'tarib olish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sabzavotlar iste'moli, quyoshli vanna ham immunitetni ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oilalilar bugun boshqa kunlardagiga qaraganda, his-tuyg'uga boyroq bo'lishadi. Hatto, arzimas mayda-chuyda tashvishlar ham sizni bee'tibor qoldira olmaydi. Shunga yarasha, his-tuyg'ular yaqinlaringiz bilan yanada yorqin munosabatlarni yuzaga keltiradi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun siz nafaqat ish joyingiz, balki kasbingizni ham o'zgartirish harakatiga tushib qolishingiz mumkin. Bu ko'pchilikka foyda beradi. Ishingiz o'ngidan kelib tez fursatda ish joy ham topasiz, yangi kasbni ham mustahkam egallay boshlaysiz. Oila qurmaganlar bugun kunning ikkinchi yarmida romantik tanishuvni boshdan o'tkazishadi. Faqat yangi tanishuv jarayonida juda dilgir bo'ling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

1 avgustda omad deganning barisi siz tarafda bo'ladi inshoolloh. Iste'dodingizni, imkoniyatlarni yaxshiroq ko'rishni xohlasangiz, ko'zni kattaroq oching. O'zingizni to'laqonli baxtli his etish uchun toza havo, quyosh va mevalar zarur bo'ladi. Oila qurmaganlar bo'lg'usi juftini uchratishga ulgurgan bo'lsalar, begonalarga qaramay qo'ya qolganlari durust.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

1 TA FIKR

Comments are closed.