O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 2 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun har sohada qat'iyatli bo'lishingiz talab etiladi. Shundagina barchaning qarshisida yuzingiz yorug', tilingiz uzun bo'ladi. Do'stlar bilan munosabatda tafakkurga suyaning, ishda intiluvchanlik kerak bo'ladi. Shaxsiy hayotda yengil shok holatiga kiritib qo'yishi mumkin bo'lgan hodisalar yuz berishi kutiladi. Sayohatga chiqish zarurati tug'ilsa, bosh tortmang. Sayohat sizga yorqin emotsiyalar hadya etadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

2 avgust kuni bir-biridan qiziqarli hodisalarning ko'pchiligiga guvoh bo'lasiz. Bir so'z bilan aytganda, zerikish neligini bilmasdan kunni kech qilasiz. Ro'zg'oringizda mushkulotlar ko'zga tashlanishi mumkin. Ilgari ham shu taxlit mushkulotlarga duch kelgansiz. Ularni jamoaviy tarzdagina bartaraf eta olgansiz. Lekin bu gal yolg'izlikda harakatlar sodir etasiz. Boshqa ilojingiz ham yo'q.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun qanchalar muhim bo'lmasin, barcha ishlarni ma'lum muddat chetga surib, yaqinlaringiz haqida qayg'urishingizga to'g'ri keladi. Ularga uy ta'miri, yoki boshqa uyga ko'chib o'tish kabilarda yaqindan yordam berishingiz kerak bo'ladi. Kommunal to'lovlardan ham qarzlaringiz yig'ilib qolgan ko'rinadi. To'laysiz-da. To'lamaganingizga qo'yishmaydi. Biroq pulingiz bu bilan tugab qolmaydi. Moddiy ahvolingiz tobida bo'ladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

2 avgustda zimmangizga og'ir va o'ta jiddiy bir vazifa yuklanishi mumkin. Bu mehnat ta'tiliga chiqqach, ne yumush bilan band bo'lish vazifasi. Albatta, ta'tilda dam olgan ma'qul. Biroq muammolar tugamasa, qanday dam olish mumkin? Salomatligingiz pand berib qo'ymasligi uchun vitaminlar ichib yurishingiz tavsiya etiladi. Belni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar, kechqurun oyoqni iliq suvda ma'lum muddat ushlab turish ham salomatlik garovi ekanini unutmang.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun boshqalardan berkinib yurishga o'zingizni majburdek seza boshlashingiz mumkin. Ammo bu ishingiz noto'g'ri. Agar qandaydir ayb ish qilgan bo'lsangiz, javobini bering va ochiqchasiga yashang. Yaqin do'stlardan biri kun davomida yoqimsiz bir xabar aytib kayfiyatingizni battar tushirib yuborishi mumkin. Har bir eshitgan yoqimsiz gapni yurakka yaqin olavermasligingiz tavsiya qilinadi. Moliyaviy muammolar kechqurun ijobiy hal bo'ladi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

2 avgust kuni shaxsiy hayotingizda yorqin tanaffuslar yuzaga kelishi uchun o'zingiz harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida ajoyib bir inson bilan tanishib suhbatlashishingiz mumkin. Bu kayfiyatingizga faqat pozitivlik hadya etadi. Bugun xorijga xizmat yuzasidan safar qilish, tadbirkorlar uchun hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va shaxsiy biznesni ochish omadli kechadi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun tarozi burji ostida tug'ilganlarning shaxsiy hayotda ham, ishda ham omadi keladi. Shunday ekan, oldindan xunuk xayollarni miyaga yaqinlashtirmaganingiz ma'qul. To'g'ri, emotsiya gohida sizni o'z hukmiga bo'ysundirmoqchi bo'ladi. Ammo sizda tajriba yetarli. Emotsiyani o'z nazoratingizga ola bilasiz. Ishga ijodiy yondashishni shior qilib oling. Kechki payt ommaviy xarakterga ega tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

2 avgustda sizga serdaromad bir ishda hamkorlik taklif qilishlari mumkin. Ishoning, bu ish har jihatdan sizga ma'qul bo'ladi. Darrov rozilik bildiring. Salomatligingiz pand bermasligi tayin. Ammo shaxsiy hayotda ko'ngilsiz bir vaziyatga tushishingiz mumkin. Shuning uchun serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling, odam ko'p yig'iladigan joylardan qoching. Kechqurun kimdandir qarz olgan bo'lsangiz, qarzingizni uzib qo'yishingizga to'g'ri keladi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

O'qotar burji vakillarini bugun omad kutib turadi. Hatto, ertalabdan qachonlardir bajargan ishingiz uchun pul ham berishadi. Faqat pullaringizni shubhali loyihalarga tikish fikridan yiroq bo'ling. Obro'yingizni saqlab qolishga intiling. Muhabbatda ham oila qurmaganlar o'z fikriga ega bo'lishlari lozim. Lekin bo'lg'usi juftingiz qarshisida kamtar bo'ling. U dimog'dorlikni yomon ko'radi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

2 avgust kuni juda foydali bir ishga taklif etishadi. Foydaliligi haqiqat. Qisqa fursatda bir dunyo pul ishlab topishingiz uchun imkon tug'iladi. Kunning ikkinchi yarmida sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari ehtimolga yaqin. Tadbirkor bo'lsangiz, bugun shubhali loyihalarga pul tikmang. Kechqurun yoshi ulug' qondoshlardan biri xastalinib qolganidan xabar topasiz va unga har jihatdan yordam ko'rsatasiz.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda alohida ilhom va ishtiyoq bilan harakatlar sodir eting. Iste'dodingizni iqtisod qilishdan tiyiling. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Kechqurun yaqin manzilga safar uyushtirishingiz mumkin. Safar sizga qo'shimcha garmoniya va kuch hadya etadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

2 avgustda baliq burjida tug'ilganlarni omadlar shohsupasi kutib turadi. Barcha ishlar reja bo'yicha ketadi. Rahbarlar bajargan ishingizdan shu qadar mamnun tortadiki, maqtashdan tashqari, mukofot puli ham belgilashadi. Shaxsiy biznesi borlar raqobatchilardan ehtiyot bo'lishlari zarur. Bugun raqobat juda jiddiy kechadi. Tikkan pulingizga yarashasidan ko'p foyda olishga urinmang. Baribir xudoning aytgani bo'ladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi