QO'ZIQORINNING FOYDA VA ZARARI…

0

 

Qo'ziqorin umuman olganda vitaminlarga boy. Organizm uchun foydali jihatlari ko'p. Ammo uni keragidan ko'p yeyish ham kerak emas. Chunki qo'ziqorin tarkibidagi vitaminlarning ko'pchiligi organizm bilan uyg'unlashib keta olmaydi.

— Qo'ziqorin past kaloriyali, — deydi dietologlardan biri. — Parhezni buzmaydi. To'yimli. Tarkibida oqsillar juda ko'pchilikni tashkil etadi. Ammo qo'ziqorinni surunkali xastalikka yo'liqqanlar faqat vrach nazorati ostidagina iste'mol qilishlari kerak.

Ayollar parhezda bo'lsalar, qomatini tartibga keltirish masalasida kuyib-pishayotgan bo'lsalar qo'ziqorinni qaynatilgan, tuzlangan holda iste'mol qilishlari kerak.

Xalq tabobatida qo'ziqorin saraton xastaligiga qarshi shafqatsizlarcha kurashishi, qon aylanish tizimini yaxshilashi va qandli diabetdan asrashi ko'p marotaba aytib o'tilgan. Lekin ularning birontasi ilmiy isbotini topmagan. Faqat shunisi borki, qo'ziqorinda fosfor ko'p. Yana qo'ziqorin immunitetni ko'tarishda muhim ahamiyatga ega.