O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 5 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

5 avgust kuni oila qurmaganlarni na moliyaviy, na hayotiy muammolar qo'rqita oladi. Ikki xayolingiz jondan aziz bo'lg'usi juftingizda bo'ladi. Balki yaqindagina tanishib, munosabat yuritayotgandirsiz. Ammo qalbingizdagi muhabbat olovi juda kuchli chiqadi. Bugun romantik uchrashuvlar, ko'ngil izhorlari omadli va xayrli kechadi. Ammo o'sha shiddatingizning hech bo'lmasa bir chimdimini ro'zg'or tashvishlarini bartaraf etish uchun ham ajratsangiz, foydadan xoli bo'lmasdi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun kun davomida janjalli vaziyatlarni boshdan kechirishingiz kutiladi. Kimdir sizni atayin janjal sari yetaklashi mumkin. Ehtiyot bo'ling. Oilali bo'lsangiz, farzandlar bilan suhbat qurish orqali ham ijobiy emotsiyalarga ega bo'lasiz. Atrofdagilarning ham o'zingizga ma'qullari bilangina muloqot qiling. Firibgar, kissavurlarning yaqiniga yo'lamang. Kechqurun ovqatlanish ratsioningizga bir nazar tashlab qo'ying.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

5 avgustda yangi tanishuvlar, bir-biridan yorqin hodisalar, yangi g'oyalar hamrohingiz bo'ladi. Yoz siz uchun xuddi sehrli mavsum kabi tuyula boshlaydi. Moliyaviy masalada ham sira tashvish tortmang. Pulning o'zi sizni qidirib keladi. Yolg'izlarni ajoyib tanishuv kutib turadi. Ana shundan keyingina dunyoda muhabbat haqiqatan borligiga amin bo'lasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Agar duch kelganga buyruq beraverishni bas qilsangiz, odamlar yanada ko'proq siz tomon talpina boshlaydi. Har bir harakatni rejasiz amalga oshirmasligingiz tavsiya qilinadi. Bugun pul ishlab topishingiz uchun ko'plab qulay imkoniyatlar tug'iladi. Pul kissaga tushgach, kechqurungacha qo'ymay qarzlarni uzishingiz ham kerak bo'ladi. Bugun jarrohlik amaliyotidan voz kechganingiz ma'qul.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

5 avgust kuni ish joyingizdagi hamkasblarning aksariyati sizning ko'magingizga muhtojlik seza boshlaganiga guvoh bo'lasiz. Yordam bering. Kam bo'lmaysiz. Ulardan qaytmasa, xudodan albatta qaytadi. Tadbirkorlarni foydali shartnomaga imzo chekish lahzalari kutadi. Lekin bugun xizmat safariga bormang. Ko'ngilsizlik yuz berishi mumkin. Kun davomida ko'proq piyoda yurishga harakat qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun ertalabdan turli mavzu va ko'rinishdagi tadbirlarga qatnashingiz talab etiladi. Qizig'i, bu amal sizga juda yoqib tushadi. Shu sababli charchaganingizni ham his etmaysiz. Bugun ijodkorlar, san'at namoyandalari va rassomlarning kuni tug'adi. Kechki payt do'stlardan biri ajoyib bir xabar yetkazishi mumkin. Xabar shu qadar qimmatliki, do'stingizni qayta-qayta olqishlashingizga to'g'ri keladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun yaqin qarindoshlaringiz sizga qandaydir syurpriz hozirlab qo'yishni niyat qilgan. Ularning biri meros bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ertalabdan jismoniy ishlarga qo'r urmang. Bu immunitetingizni tushirib, umumiy ahvolingizni salbiy tarafga o'zgartirib yuborishi mumkin. Tabiat qo'ynida dam olish, shaxsiy dala hovlingizda ishlash bugun maroqli kechadi. Sizni yangi ishlarga ilhomlantiruvchilarga nisbatan hurmat saqlang. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Agar 5 avgustda ishxonangizdan bir dunyo muammoni qo'ltiqlagancha qaytadigan bo'lsangiz, uyda ham ularning ustiga shuncha muammo ortiladi. Barcha muammolarni tashqarida qoldiring. Shunda yaqinlaringiz bilan munosabatlarda garmoniya yo'qolmaydi. Sayohat ishqibozlarini bugun ajoyib manzaralar, an'analar va mashg'ulotlar kutadi. O'zingiz uchun notanish taomlarni tatib ko'rayotganda, ehtiyot bo'ling. Kechqurun qilgan ishlaringiz uchun moddiy rag'bat olasiz. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

5 avgust kuni ayrimlar olis safarga otlanishi mumkin. Hoynahoy, bu safar ishingiz bilan bog'liq bo'lsa kerak. Hamroh sifatida ishonchli do'stlar yoki hamkasblardan birini olib ketishingiz ham ziyon keltirmaydi. Safardan a'lo kayfiyatda qaytishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotda ba'zilar boshqa manzilga ko'chish bilan band bo'lishlari mumkin. Omadingizni bersin! Kechqurun ovqatlanish rejimini buzmagan holda harakatlar sodir eting.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugungi kuningiz ko'plab anglashilmovchilik va yechimsiz jumboqlardan iborat bo'ladi. Lekin buning sira qo'rqinchli joyi yo'q. Atrofdagilar bilan muloqotda, ishda va ko'chada hazil-mutoyibani qurol qilib oling. Kamlik ko'rmaysiz. Agar jahldor qarindoshlardan biri ishni buzmasa, oilangizda ajoyib atmosfera mavjud bo'ladi. Ochig'i, uyingizdagilarning barchasi uning janjalli suhbatlaridan charchagan.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

5 avgustda sira ikkilanmasdan, yoz havosidan to'yib-to'yib nafas olishingiz, hayotdan zavqlanishingiz va kerak bo'lsa, qo'shiq kuylashingiz ham tavsiya qilinadi. Bu quvnoqlikni yo'qotmang. Shundayligingizcha qoling. Dam olishni ixtiyor etsangiz, madaniy hordiq chiqarish haqida o'ylab ko'ring. Spirtli ichimliklar iste'molidan voz keching. Mazangizni qochiradi. Tadbirkorlar uchun xorij firmasi bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyati bor.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

O'zingizga yoqmaydigan, mantiqsiz tuyulgan ishlarga qo'l urishingiz tavsiya etilmaydi. Unday ishlar chetda qola qolsin yoki boshqa hamkasblar bajaraversin. Agar oldindan puxta rejalashtirilgan bo'lsa, har qanday ko'rinishdagi safar muvaffaqiyatli kechadi. O'z foydangizga o'zgartirish mumkin bo'lgan vaziyatlardan yuz o'girmang. Salomatligingiz bugun pand bermaydi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi