BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

0

 

 

* * *

 

— Og'ayni, bilasanmi, boyib ketishning zo'r yo'lini topdim!

— Topgan bo'lsang, juda yaxshi. Lekin aytib qo'yay, sen mendan o'tgan kunigina qarz olgansan.

 

* * *

 

Erkaklar pulni shunchaki, o'ylamasdan sarflashadi. Ayollar esa, aql bilan sarflashadi. Ammo sarflab bo'lgandan keyin qarashsa, aql ham pulga qo'shilib ketib qolgan bo'lib chiqadi.

 

* * *

 

— Do'xtir, menga xuddi yelkamda kichkinagina timsohchalar o'rmalab yurgandek bo'laveradi.

— Vey, nimaga timsohchalaringizni menga irg'itasiz-a? Nariroq turing!

 

* * *

 

It go'sht do'koni eshigi ro'parasida to'xtab, sherigiga dedi:

— Yur, ichkariga kiramiz!

— Yo'q. Ko'rmayapsanmi, eshikka: «Itlarga kirish taqiqlanadi» deb yozib qo'yishibdi.

— E, ular bizning o'qishni bilishimizni qaerdan bilishardi?!.

 

* * *

 

Hozirgi kunda ko'pchilik ayollar kiyishga yaroqli kiyimi yo'qligidan shikoyat qilishadi. Ba'zilari esa, shu narsani ko'chalarda ochiq namoyish qilishadi. (bir erkakning do'stiga hasratidan)

 

* * *

 

— Aytishlaricha, Hindistonda sigir ilohiy hisoblanarkan. Shuning uchun ham hind ayoli eridan mabodo bir yilda hech bo'lmaganda bir marta uni «He, sigirga o'xshamay o'l!» deb urishishini iltimos qilarkan. Mabodo er shunday deb urishmasa, bemalol ajrashish haqida sudga murojaat qilishga haqli ekan.

 

* * *

 

— Sen yaramassan!.. Butun umrimni xazon qilding! Yosh umrimni senga bag'ishladimmi men ahmoq!.. Iflos!

— Qizim, diplom bilan gaplashishni bas qilsang-chi!

 

* * *

 

Agar sport haqiqatan foydali bo'lganda, har bir turnikda besh nafardan juhud bir umr osilib turgan bo'lardi. (Dangasaning falsafasidan)

 

* * *

 

Psixolog mijozga dedi:

— Qani, o'tiring va o'z muammolaringizni gapiring!

— Oh, do'xtir, yagona umidim sizdan! Oylikkacha yuz ming so'm qarz berib turing!

 

* * *

 

Oqshom. Daryo bo'yida o'n yashar bola turar va tez-tez soatiga qarab qo'yardi. O'tkinchi undan so'radi:

— Bu yerda nima qilyapsan?

— Dadam menga suv ostida qanday qilib uzoq vaqt tura olishni o'rgatyapti. Mana, soatimga qarab qancha vaqt suv ostida turganligini belgilayapman.

— Dadang qachon suv ostiga sho'ng'igandi o'zi?

— Ertalab.