XOH IShONING, XOH IShONMANG…

0

 

 

ODAM MIYaSI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Odam miyasi 80-100 milliard dona asab to'qimalari (neyronlar) dan iborat.

2. Miyaning chap qismi o'ngiga nisbatan 200 millionta ko'proq neyronlarga ega.

3. Odam miyasidagi neyronlar hajmi eniga atigi 4 dan 100 mikrometrgachani tashkil etadi.

4. Olimlarning izlanishlari ayol miyasidagi kulrang moddalar erkaknikiga nisbatan ko'proq ekanini ko'rsatgan.

5. Aqlli odamlarning miyasida kulrang moddalar boshqalarnikiga nisbatan ko'proq bo'ladi.

6. Odam miyasining 40 foizini kulrang to'qimalar egallaydi.

7. Odam miyasidagi oq moddalar jami 60 foiz maydonga joy bo'lgan.

8. Masalan, odam yuragi uchun yog' zararli hisoblanadi. Ammo miya uchun juda foydalidir.

9. Odam miyasining o'rtacha vazni 1, 3 kilogrammga teng.

10. Miya tanamizning 3 foiz qismini egallaydi. Ammo biz qabul qilayotgan kislorodning 20 foiziga egalik qiladi.

11. Miya o'zidan juda katta miqdorda elektr quvvatini ishlab chiqaradi. Hatto, uyqudagi miyadan taraladigan elektr quvvati bitta 25 vattli lampochkani yoqa oladi.

12. Miya hajmi aqllilik darajamizni belgilamaydi. Bu allaqachon olimlar tarafidan isbotlangan. Masalan, Eynshteynning miyasi hajmi o'rtachadan ham kichikroq bo'lgan ekan.

13. Esnaganda miya salqin tortadi. Uyqusizlik va kam uxlash esa aksincha miyadagi haroratni oshiradi.

14. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, odamning miyasida bir kunda o'rtacha 70 000 ta xayol aylanadi.

15. Miya ichkarisidagi axborot soatiga 1, 5 dan 440 kilometrgacha tezlikda kerakli nuqtaga yetkazib beriladi.

16. Vrachlar aytishadiki, miyaning rivojlanishi 25 yoshgacha davom etadi.

17. Odam oshqozonida ikkinchi miya deb nomlangan mavjudlik hukm suradi. U kayfiyat va ishtahani nazorat qiladi.

18. Nimanidir inkor qilish yoki nimadandir bosh tortish jarayonida ham miyadagi jismoniy og'riq uchun javobgar hududlar ishlaydi.

19. Mindalin miyaning bir qismi hisoblanib, uning vazifasi qo'rquv hissini nazorat qilishdan iborat. Agar u olib tashlansa, odam qo'rquv neligini bilmas darajaga yetadi.

20. Odam qancha aqlli bo'lsa, uning miya bilan bog'liq xastalikka chalinish xavfi shuncha kamayib boradi.

21. Miyadagi oq moddalarning 70 foizi, kulrang moddalarning 84 foizi suvdan iborat.

22. Miya yuqori darajada ishlashi uchun ko'proq suv ichish kerak bo'ladi.

23. Odam tanasi ertalab miyadan oldinroq uyg'onadi.

24. Har daqiqada odam miyasida 750 millilitr miqdorda qon aylanadi.

25. Odam miyasining 60 foizi yog'lardan tashkil topgan.

26. Axborotlarni unutish miyaga ijobiy ta'sir ko'rsatib, asab tizimining egiluvchanligini oshiradi.

27. Qo'l telefonlardan haddan tashqari ko'p foydalanish miya saratonini keltirib chiqaradi.

28. Albert Eynshteynning miyasini 20 yil qidirib ham topa olishmagan. Keyin ma'lum bo'lganki, uni pataloganatom o'g'irlab qo'ygan ekan.

29. Odamning miyasi hech qachon dam olmaydi. Hatto, uyquda ham ishlab turadi.

30. Bolalar bilan ko'p suhbatlashish va kitob yoki gazetani ovoz chiqarib o'qish miya rivojlanishini ta'minlaydi.

31. Miyamizning chap yarim shari tananing o'ng tarafini, o'ng yarim shari esa tananing chap tarafini nazorat qiladi.

32. Quloqlar shang'illashi ham miyaning funksiyalaridan biri ekan.

33. Miyadagi qon tomirlarning umumiy uzunligi 100 000 mildan iborat.

34. Miya 6 daqiqagacha kislorodsiz yashay oladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi