Fermerning uyida tintuv o'tkazib ayolining qo'lidagi telefonni tortib olgan IIB boshlig'i fermerdan uzr so'radi

0

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida IIB boshlig'i fermerdan uzr so'radi, deya xabar qilmoqda «Daryo».

Ma'lum bo'lishicha, «Daryo» saytida Qarshi tumani IIB boshlig'i Bahodir Arslonov tumanning «Charog'il» hududida faoliyat yurituvchi fermer Bekzod Farmonovning xonadoniga kirib, tintuv o'tkazgani va fermerning ayoli qo'lidagi telefonni tortib olgani haqidagi «Militsiya boshlig'i uyimga bostirib kirib tintuv o'tkazgach, bolalarim qo'rqib ketgan». Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo'ravonligini fosh etdi» sarlavhali maqola chop etilgan.

6 avgust kuni tuman IIB boshlig'i Bahodir Arslonov o'z qilmishiga iqror bo'lib, fermerdan uzr so'radi. Fermer Bekzod Farmonov esa IIB boshlig'ini kechirib, o'rtadagi gina-kudratni unutishga va'da berdi.

Bekzod Farmonovning ma'lum qilishicha, muammo internet saytida e'lon qilingach, IIB boshlig'i 5–6 marta uzr so'ragan. Hatto fermerning dalasiga borib, dalada ham xato qilganini tan olib, bunday xatti-harakat takrorlanmasligiga va'da bergan. Fermer esa bu muammo internetda tarqalganini aytib, uzr so'rash ham interent saytlarida e'lon qilinishini talab qilgan.