O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 8 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Ehtirosni jilovda ushlashga harakat qiling. Kerak-nokerak joyda uni oshkor etishdan saqlaning. Zarur yerda ortga chekinish ham ko'pincha muvaffaqiyat garovi bo'lib chiqadi. Bugungi kun kutilmagan daromad, muhim tanishuvlar va yangiliklar bilan bir umr yodingizda qoladi. Agar dam olish haqida o'ylay boshlagan bo'lsangiz, baliq ovini tanlang. Shunda asablaringiz dam olib, onadan qayta tug'ilgan kabi yengil tortasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

8 avgust kuni oilangizda hamma anrsani yangilash, ta'mirdan chiqarish istagida yona boshlaysiz. Bunday istaklar har doim ham paydo bo'lavermaydi. Shuning uchun oilangizdagilarning quvonchiga chegara bo'lmasligi tayin. Mayli, hayratlanib tura tursinlar, siz esa ro'zg'ordagi kemtiklarni yopish bilan astoydil shug'ullaning. Shaxsiy hayot bilan bog'liq o'zgalarning maslahatlarini inkor eting. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun ilgari tashlab otgan ishlarni qaytadan ado etishga kirishasiz. Omad ayni o'sha ishlar ortida bo'lib chiqishi ehtimoldan xoli emas. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolar ijobiy hal bo'lib kissangiz pulga to'lishi kutilmoqda. Muhabbatda hazil-mutoyibani chetga surib, masalaga jiddiy munosabatda bo'ling. Shirinliklar va xamirli taomlarni kamroq iste'mol qiling. Shunda ortiqcha vazndan shikoyatingiz bo'lmaydi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

8 avgustdan ko'p narsa umid qilaversangiz bo'ladi. Xorij tillarini o'rganishga kirishishingiz mumkin, malaka oshirish kurslariga yoki haydovchilik kurslariga yozilsangiz ham ziyon qilmaydi. Oila qurmagan bo'lsangiz, anchadan beri o'zingiz ko'z ostingizga olib qo'ygan insonning ishonchiga kirish uchun ham bugun qulay imkoniyat tug'ilishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling! Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Kuningiz unumli kechadi. Ishda arzirli lavozimga ega bo'lish imkoniyatingiz ham yo'q emas. Ammo tadbirkorlar bugungi kundan daromad kutmasalar ham bo'ladi. Buguncha sizga omad kulmaydiganroq bo'lib turibdi. Serqatnov yo'llarda sergak bo'lish halokatli lahzalar ortga chekinishini ta'minlashi mumkin. Zararli odatlarni tashlash uchun bugundan yaxshisini topa olmaysiz. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Anchadan beri kasalxonaga qadam bosmagandingiz. 8 avgust kuni borishga majbur bo'lasiz. Asosiysi, o'zingizga o'zingiz tashhis qo'ymang. Mutaxassislarga ishoning. Do'stlar va hamkasblar bilan suhbatlar davomida bir-biridan yorqin emotsiyalar egasiga aylanasiz. Faqat qarindoshlaringiz nimadandir noroziligi kayfiyatingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazadi-yu, yana kissangiz pulga to'ladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Agar bugun bor imkoniyatlarni ishga solib chin ko'ngil bilan ish boshlasangiz, albatta yuqori natijalarni qo'lga kiritasiz. Faqat yaqin o'tmishdagi xatolarni yodga olmang. Ular ish unumiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Muvaffaqiyat sari yetaklashiga ko'zingiz yetmagan ishlarga qo'l urmasligingiz tavsiya etiladi. Xamirli taomlar iste'molidan voz keching. Ko'proq sabzavotli sharbatlar ichib yursangiz, yozning issig'ida foyda beradi. Salomat bo'ling!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

8 avgustda bajargan ishlaringiz natijalarini hali kech tushmasdanoq ko'rish baxtiga erishasiz. Lekin hamkasblaringiz orasida sizga hasad qilishdan tiyila olmaydiganlar bor. O'shalarning nazaridan saqlaning. Muhabbatda yolg'iz do'stlarimiz o'zi sezmagan holda to'g'ri qarorlar chiqaradiki, bu baxtga tezroq erishish imkonini beradi. Notanishlar bilan muloqot qilmang. Kissavurlar, firibgarlar ta'qibiga tushib qolishingiz xavfi bor. Ehtiyot bo'ling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun umuman ishlamasangiz ham osmon uzilib yerga tushmaydi. Shunchaki hayotdan zavqlanib dam olsangiz, tanangiz yayraydi. Telefoningizga shubhali sms xabarlar kelib tusha boshlashi mumkin. Ularga e'tibor bermaslikka harakat qiling. Kechqurun hech kim bilan janjallashmaslik, bahslashmaslikka urining. Bu salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Toza havoda sayr qilish ham yodingizdan ko'tarilmasin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

8 avgust kuni kayfiyatingiz a'lo darajada bo'lishi ko'plab quvonchli va yoqimli lahzalar hadya etadi. Kun davomida sizga qo'shimcha daromadli ishlarni taklif etishlari mumkin. Ammo ularning ko'pchiligi shubhali. Shuning uchun yaxshilab tahlil qiling. Shubhaliligiga ishonchingiz komil bo'lsa, takliflarni inkor eting. Pul bugun osonlikcha kelib qo'lingizga tushmaydi. Harakat va yana harakat kerak bo'ladi. Kechqurun ro'zg'or tashvishlari bilan band bo'lasiz.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun zimmangizga o'ta mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Atrofdagilarning xafaqon kayfiyatda yurganlarini tinchlantirishingiz, ruhan dalda berishingiz kerak bo'ladi. Agar taqdirdan haddan ziyod ko'p so'ramasangiz, moliyaviy ahvolingiz ham tobida kechadi. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo'ynida dam olib qaytish yoqimli va foydali kechadi. Salomatlikni juda ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

8 avgustda yangi tanishuvlarni keskin rad etishingiz tavsiya qilinadi. Bu tanishuvlar sizga ziyon yetkazib qo'yishi hech gap emas. Aniqrog'i, energetik vampirlar bilan tanishishingizga to'g'ri kelish xavfi bor. Kun davomida qandaydir notanish kimsa sizga qo'ng'iroq qilaverib zeriktirishi mumkin. Xotirjam bo'lishga harakat qiling. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketishi mumkin. Safar sizga mo'may daromad keltiradi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi