Maktab o'quvchilari o'g'rilikka qo'l urdi

0

2019 yil  4 iyul kuni noma'lum shaxs Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi 45 yoshli A.I.ning uyiga deraza orqali kirib, uyidan 9 000 AQSh dollari va uzugini o'g'irlab ketgan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nukus shahri “Samanbay” MFYda yashovchi, 29-sonli o'rta maktabning 10-sinf o'quvchisi 17 yoshli S.B. va 31-sonli o'rta maktabning 8-sinf o'quvchisi 14 yoshli P.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berd.