SSSR BIRINChI PREZIDENTI MIXAIL GORBAChYoVNING SALOMATLIGI YoMONLAShDI…

0

 

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, sobiq sovetlar mamlakati birinchi prezidenti Mixail Gorbachyov oxirgi olti oy kasalxonada umr kechirmoqda. Kasalliklar butun boshli buketga yig'ilgan. Biri qo'yib biri albatta sobiq prezidentni bezovta qiladi. Ammo Gorbachyovning o'zi yoshi 88 ga yetgan bo'lsa-da, o'limni, kasalliklarni tan olgisi kelmaydi.

— Bu komaga tushib yerosti yo'lidan uzoqdagi yorug' nurni ko'rdim degani emas, — deydi Gorbachyov kulib. — Men hali o'lmoqchi emasman. Qiladigan ishlarim juda ko'p…

Ammo u qaysi kasalliklar bilan og'rigani, qay bir xastalik ko'proq bezovta qilayotganini jurnalistlarga oshkor etmayapti. Shunisi aniqki, so'nggi kunlarda haqiqatan ahvoli ancha jiddiylashgan.