Asabi bo'shlar ko'rmasin! UFC vakili burnidan og'ir jarohat oldi, lekin jangni oxirigacha davom ettirdi (+foto)

0

UFC Fight Night 156 turniri doirasida amerikalik Mayk Perri braziliyalik Visente Lukega qarshi to'qnash kelib, og'ir jarohat oldi. Gap shundaki Lukening oyoq bilan bergan zarbasidan so'ng, Perrining burun suyaklariga shikast yetdi.

Biroq, amerikalik jangchi bahsni oxirigacha davom ettirdi va yakunda uning raqibi ochkolar hisobiga zafar quchdi. Bu Perrining 16 jangidagi 5 mag'lubiyati bo'ldi. Shuningdek, 27 yoshli MMAchining hisobida 12ta g'alaba (11 KO) bor.