«Paxtakor-79»ga atab hujjatli film tayyorlandi (+video)

0
2019 yilning 11 avgust kuni «Paxtakor-79» fojiasiga 40 yil to'ldi.

«Paxtakor» futbol klubining yangi rahbariyati tashabbusi bilan «Paxtakor-79» xotirasiga bag'ishlangan hujjatli film suratga olindi, deya xabar beradi CA nashri.

«Osmonda abadiy qolgan yulduzlar» deb nomlangan ushbu filmda ko'pchilikka hali ma'lum bo'lmagan haqiqatlar mujassam.

Bu film 1979 yil 11 avgust hodisalari asosida suratga olingan. Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi Minsk shahriga «Dinamo» bilan o'yinga uchgan va aviahalokatga uchragan. Filmda futbolchilar halokatdan bir necha soat oldin nimalarni his qilishgani ko'rsatib berilgan.

Filmning original nomi: «Film o zvyozdax, kotorыe navsegda ostanutsya v nebe».

Ssenariy mualliflari:

Doniyor Shokirov

Farrux Rasulov

Davron Fayziyev

Postanovkachi rejissyorlar:

Farrux Rasulov

Sardor Ahmedov

Postanovkachi operator:

Dilmurod Turdiboyev

Dublyaj rejissyori:

Kamoliddin Rahimov

Rejissyor:

Muhiddin Boymirzayev