QIRG'IZISTON SOBIQ PREZIDENTI ALMAZBEK ATAMBAYEV IShI BO'YIChA YaNGI XABARLAR QISQA SATRLARDA…

0

 

 

* * *

 

Atambayevning yana ikki tarafdori qamoqqa olindi…

Qirg'iziston milliy xavfsizlik xizmati vakillari sobiq prezident Almazbek Atambayevning ikki tarafdori Kыyas Smaliyev hamda Amantur Jamgыrchiyevni qo'lga oldi. Pervomaysk sudi ularni ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi.

Atambayev ishi bo'yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

* * *

 

10 avgust kuni Qirg'iziston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Qo'y-Toshga kelib Atambayevning jiyani Nurbek Sharshenovni qo'lga olgan. Demokratlar muxolifatchi partiyasi raisi o'rinbosari Kunduz Joldubayevning gapiga ko'ra, Atambayev tarafdorlaridan biri Kunduz Ajibekova ham qo'lga olingan.

 

* * *

 

Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo'lga olish operatsiyasi davlatga jami 109 826 som miqdorida ziyon yetkazgan. Shu haqda Bishkek merligi rasman xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, operatsiya jarayonida 29 ta avtobus jiddiy jabr ko'rgan. Shularning uchtasi qayta tiklashga yaroqsiz deya baholandi.

Ala-Too maydonini o'rab turgan metall to'siqlar sindirib yuborilishi davlat uchun 30 200 som, Shabdan Baatыr ko'chasidagi 25 metrli to'siq sinishi 7 500 som, maydondagi organik oyna sinishi 53 536 somga tushdi.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here