Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo'lga olish operatsiyasi tufayli jabrlanganlar soni 136 nafarga yetdi…

0

 

Hozirgi paytda qurolli to'qnashuvlar tufayli yaralangan 14 nafar jabrlanuvchi tibbiyot maskanlarida muolajalar olmoqda. Ammo Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo'lga olish harbiy operatsiyasi oqibatida jarohatlanganlar soni 136 kishiga yetgani haqida ma'lumot tarqatilgan. Bu miqdorni mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi ham rasman tasdiqlagan. Vazirlikdagilarning gapiga ko'ra, 7, 8, 9 avgust kunlari jami 136 kishiga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Qo'y-Toshning o'zida jami 27 kishiga tez tibbiy yordam amalga oshirilgan. Ulardan 13 nafarining ahvoli o'rtacha ekani aytilgan. Chuy viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari Samat Qurmanqulov boshidan jarohat olgandi. U hozir komada. Ahvoli juda og'ir.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here