Qirg'iziston sobiq rahbari amaldagi hukumat ustidan Xalqaro appelyatsiya sudiga shikoyat qilmoqchi…

0

 

Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev amaldagi hukumat ustidan xalqaro appelyatsiya sudiga murojaat etadi. Shu haqda uning tarafdorlaridan biri deputat Irina Karamushkina rasman ma'lum qildi. Karamushkinaning aytishicha, Atambayev ruhan tushkunlikka tushayotgani yo'q. Salomatligi ham joyida. O'ziga qo'yilgan ayblovlarni qat'iyan rad etmoqda.

— Atambayevga nisbatan adolatsizlik qilishdi, — dedi Karamushkina. — Qurollangan askarlar, militsiya xodimlari hujum qilishdi. Sobiq prezident yashab turgan uyni bombardimon qilishdi. Vayronaga aylantirishdi. Vaholanki, bu uy Atambayevning xususiy mulki. Yana begunohlar jarohat oldi, o'lib ketdi. Bularning barchasi uchun amaldagi hukumat javob berishi lozim. Biz hozirda appelyatsiya sudiga murojaat tayyorlayapmiz.

 

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here