Quloqchin taqqan yosh futbolchini poezd bosib ketdi

0

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi fojiali tarzda halok bo'ldi.

15 yoshli Maksim Davlatov temir yo'l relsi bo'ylab quloqchin (naushnik) taqqan holda ketayotganida uni poezd bosib ketdi. Mashinistning ko'rsatmasiga ko'ra, u bir necha bora signal chalgan va tormoz berishga uringan. Davlatov esa quloqchinda bo'lgani uchun hech narsani eshitmagan, oqibatda baxtsiz hodisa yuz berdi.

Aytib o'tish kerakki, Maksim Davlatov maydonda himoya pozitsiyasida harakat qilardi. U yoshlar chempionatining 11 bahsida qatnashib, o'z hisobiga 4ta gol yozib qo'ygandi.