Saxiylik

1

 – Saxiylikni kimdan o'rganding, – deb so'radilar Xotam Toyidan.

 – G'ishtdan o'rgandim, – deya javob qildi.

 – Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?

  – Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganmisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzatishdi. Uzatmay, qo'lda tutib tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.

Hayol qildim, – deydi Xotam toyi: Demak, mol-dunyo ham shunday. Ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi.

     ***

Kambag'al ekanligi ko'rinishidan tayin bo'lgan kishi ko'rpa — to'shak sotiladigan do'konga keldi. Sotuvchidan oilasi uchun zarur bo'lgan eng arzon ko'rpalarni so'radi. U 6 ta ko'rpa olishi, yonida 100 riyoli bor edi.

Do'kondor:

— Menda, Xitoyda ishlab chiqarilganlari bor. Yaxshi isitadi. Uning donasi 20 riyoldan. Agar 5 ta olsangiz 6 chisini tekinga beraman, — dedi.

Faqir kishi 6 chisini hadiyadek olayotganiga juda xursand bo'ldi. Ko'rpalarni olib ketarkan, Alloh ishini o'nglagani uchun ko'zlaridan quvonch yoshlari to'kilardi. U uzoqlashib bo'lgandan keyin, voqea guvohi bo'lgan do'kondorning do'sti so'radi:

— Bu o'sha siz eng yaxshi, eng qimmat, deb o'tgan hafta 350 riyoldan menga sotgan ko'rpalardan emasmi? dedi.

— Allohga qasam, aziz do'stim, xuddi o'shandan. Men sizga uning ustiga qo'ymasdan o'z narxiga sotgandim, — dedi savdogar.

— Unda nimaga bu kishiga bu narxda sotdingiz? — deb so'radi.

 

— Men Robbim bilan savdolashdim, do'stim. Uning rizosini istab, miskin kishi va oilasi, qattiq sovuq kelishi kutilayotgan qishda shunga muhtoj bo'lishini bilganim uchun shunday qildim. Shoyad shu bilan Robbim meni jahannam issig'idan asrasa. Agar u kishining izzat nafsiga tegmasa, bekorga berib yuborardim, -dedi savdogar.

1 TA FIKR

  1. Shunakangi xikoyalardan berib turingizlar fakat yigbat-buxton, urush-janjal bulib ketdi ijtimoiy tarmok xam

Comments are closed.