Shomurodov Mourino bilan uchrashgani hamda barcha davrlarning eng yaxshi hujumchilari haqida gapirdi

0

O'zbekiston MTJ hamda «Rostov» klubi forvardi Eldor Shomurodov Rossiyaning MatchTV tekanaliga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bilan qanday uchrashgan haqida oshkor etdi.

«German (uning agenti) Mourino bilan uchrashuv bo'lishini aytmagan. Syurpriz borligini aytgan. Kutilmaganda Mourino kirib keldi. Avvaliga ishonmadim, keyin salomlashib, biroz suhbatlashdik. U Osiyo chempionatini sharhlagandi. Tkanchenko unga men o'sha chempionatda o'ynab, gol urganimni aytdi. Mourino esa buni bilar ekan», deydi 24 yoshli futbolchi.

Shuningdek, Eldor barcha davrlarning eng yaxshi hujumchilari kimlar ekanligini aytib o'tgan.

«Menga Torres va Drogba yoqardi. Yana so'yloqtish Ronaldo ham», deya qayd etgan Shomurodov.